233
Soliq to‘lovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy
valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash
soliq to‘lovchi tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Soliq to‘lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan
va chegirib tashlanmaydigan
xarajatlarga bo‘linadi.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir:
1) moddiy xarajatlar;
2) mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
3) amortizatsiya xarajatlari;
4) boshqa xarajatlar;
5) kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar.
Quyidagilarga soliq to‘lovchining xarajati sifatida qaralmaydi:
1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari ko‘rsatish
uchun
boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki
boshqa ishonch qog‘ozi bergan shaxs uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan
qilingan xarajatlarga haq to‘lash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan
topshirilgan mol-mulk tarzidagi to‘lovlar, agar bunday xarajatlar
tuzilgan shartnomalarning
shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli shaxsning yoxud boshqa ishonch bildiruvchining
xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lmasa;
2) soliq to‘lovchi emitent tomonidan topshirilgan, aktsiyadorlar o‘rtasida
aktsiyadorlar
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zlariga tegishli aktsiyalar miqdoriga mutanosib ravishda
taqsimlanadigan aktsiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilgan
taqdirda aktsiyalarni aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlashda dastlabki aktsiyalar o‘rniga berilgan yangi
aktsiyalarning nominal qiymati bilan aktsiyadorning dastlabki aktsiyalarining
nominal qiymati
o‘rtasidagi farq;
3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa
sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati.
Dostları ilə paylaş: