Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Ishlab chikarish rejasi qismida



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Ishlab chikarish rejasi qismida
mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
bo‘lgan, turli xildagi tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik 
jarayonlari bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan mehnat, material hamda mablag‘ xarajatlari (miqdori, 
summasi) ko‘rsatilishi lozim. Hisob-kitoblar natijasida xo‘jalik qancha mahsulot ishlab chiqarishi va 
unga qancha mehnat, material va mablag‘ sarflanishi aniqlanadi. Bu qismda ishlab chiqarishni 
takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham rejalashtiriladi. Masalan yangi texnika, 
texnologiya yoki kichik korxonalarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hisob-kitoblar 
asosida ko‘rsatilishi lozim. Tadbiqorlar shu qismni tuzishda texnologik jarayonlarini bajarish uchun 
belgilangan normativlarni, chunonchi, ekinlarni ekishda urug‘, yoqilg‘ilarni, o‘g‘itlarni sarflash
mehnat sarfi me'yorlarini, shuningdek barcha materiallarning baholarini va boshqalarni bilishlari 
lozim. 
Marketing rejasi qismida
biznes rejani tarmoq mahsulotlari bozori qismidagi ma'lumotlarga 
asoslangan holda mahsulotlarni iste'molchilarga sotishning asoslanganligi, bu jarayon hyech qanday 
qiyinchiliklarni vujudga keltirmasligini ko‘rsatuvchi tadbirlar belgilanadi. Shu qismda korxona 
mahsulotlarini iste'mol etuvchilar to‘g‘risida, ular tomonidan qo‘yiladigan talablarning barqarorligini 
aniq raqamlar bilan isbotlash lozim. Xo‘jalik mahsulotiga bo‘lgan talab darajasiga ta'sir etuvchi 
omillar ko‘rsatiladi. Masalan, xo‘jalik mahsuloti sifatining yaxshiligi, ekologik jihatidan tozaligi, 
bahosining nisbatan arzonligi, transport yo‘llariga yaqinligi va boshqalar. Xo‘jalikning boshqa 
raqobatchilar bilan raqobatlashishida yutib chiqish strategiyasi imkoni boricha raqamlar yordamida 
asoslanishi zarur. Nihoyat, sotiladigan mahsulotlarning baholari belgilanadi, mahsulotlarni qanday 
tartibda sotish tafsilotlari batafsil yoritiladi hamda reklama xarajatlari keltiriladi. Xo‘jalikning bozor 
sohasidagi ayrim talab etiladigan xolatlari ham rejalashtiriladi. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin