117
bo’lgan ehtiyojni, bunday mablag`lar vaqtinchalik bo’shagan joylardan olish orqali qondirish mumkin.
Kreditlash tizimi bo’sh kapitalni yig`adi va shu bilan birga, kapital kirib kelishiga xizmat ko’rsatgan
holda, qayta ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydi. Shuningdek kredit pul muomalasini tezlashtiradi,
bir qator munosabatlarning (sug`urta, investitsiyaviy va h.) bajarilishini ta'minlaydi va bozor
munosabatlarini tartibga solishda katta rol o’ynaydi.
Ssuda kapitali manbasi bo’lib, birinchidan, asosiy kapitalni tiklash uchun mo’ljallangan,
aylanmadan chiqarilgan pul mablag`lari (ya'ni amortizatsiya jamg`armasi); tovarlarni sotish va xom-
ashyo, yoqilg`i, materiallarni xarid qilish vaqti o’zaro to’g`ri kelmaganligi sababli vaqtincha bo’sh
qolgan aylanma kapitalning bir qismi, xizmat qilishi mumkin. Tovarlarni sotish va ish haqi to’lash
o’rtasidagi davrda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan kapital ham manba bo’lishi mumkin.
Ssuda kapitalining ikkinchi bir manbasi sifatida pul daromadi va xususiy sektor jamg`armalari
xizmat qilishi mumkin.
Ssuda kapitalining uchinchi manbasi sifatida davlatning pul jamg`armalarini ko’rsatishimiz
mumkin. Ularning hajmi davlat mulki va yalpi milliy mahsulot ulushi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: