186
ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan
texnologik xaritalar, me'yoriy hujjatlar va
birlamchi agronomiya, zooveterenariya ham buxgalteriya hisob-kitoblari bilan to‘ldirilishi shart.
Biznes-reja quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim:
-
dehqon va fermerlar, ijarachi va pudratchi jamoalari o‘z ishlarini qanday boshlash;
-
qanday qilib ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorg‘a olib chiqish;
-
yangi ishlab chiqarishni kimlar bilan tashkil etish va qachon dastlabki daromadlarni olish;
-
tavakkalchilik xavf-xatarini qanday kamaytirish;
-
oyoqqa turib olish hamda rakobat kurashida yutib chiqish.
Biznes-reja tuzish yordamida ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar uzlari uchun
kuyidagilarni bilib oladilar:
-
biznes-rejani tuzish jarayonida o‘z ishlab chiqarish moliya faoliyatini har tamonlama tashkiliy-
iqtisodiy va sotsial jihatdan tahlil qilish, o‘zi boshlayotgan
ishni puxta bilishga, kelajakda ishlab
chiqarishni rivojlantirishga va xolisona baholashga olib kelinishini;
-
biznes-reja bu - tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ekanligini. Uni
ishbilarmonlarning o‘z korxonalarini samarali boshqarishga hamda o‘ylagan ishlarini muvaffaqiyatli
o‘tishiga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini;
-
biznes-reja tadbirkorning o‘z goyasini boshqa hamfikrlariga, sarmoyadorlarga va bankirlarga
yetkazadigan eng yaxshi
sinalgan usul va shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirish
ekanligini.
Dostları ilə paylaş: