315
Anderlaing - opsion shartnomasi shartlariga ko‘ra xarid qilish
va sotish huquqini beruvchi
opsionga asos hisoblangan qimmatli qog‘oz
Analitik usul - tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simliklar ichida tanlash yo‘li bilan yangi nav yaratish.
Antimonopol siyosat - iqtisodiyotni monopoliya (yakka hukmronlik)
dan xalos etish va
monopoliyalarni cheklab qo‘yishga yo‘naltirilgan davlat siyosati.
Tashkilotlar yoki shaxslarning umumiy xo‘jalik, ilmiy, madaniy yoki biron-bir boshqa maqsadga
erishish uchun ixtiyoriy ittifoqi, uyushmasi.
Annuitet - 1. muddatli davlat qarzi turlaridan biri. U asosiy qarzni unga to‘lanadigan foizi bilan
asta-sekin qaytarish imkoniyatini
hisobga olgan holda, har yili kreditorlarga
muayyan daromad
keltiradi;
2. muntazam kelib tushuvchi to‘lovlar
Annuitet fondi - muddatli davlat qarzi fondi. U asosiy qarzni unga to‘lanadigan foizi bilan asta-
sekin qaytarish imkoniyatini hisobga olgan holda, xar yili kreditorlarga muayyan daromad keltiradi
Annulyasiya - yo‘qotilgan takdirda qimmatli qog‘ozni bekor qilish jarayoni
Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini
asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr
xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi;
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan)
tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi;
Dostları ilə paylaş: