49
- kadrlarni qayta tayyorlash;
- eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish;
- shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga
oshirish;
- o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h
Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim. Ushbu
xarajatlar qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa,
kapital qo’yilmalarni amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik
yuqori bo’lsa, korxona shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning
ko’rsatishicha, talab narxi taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa, investitsiya
kiritish ham, moslashuv xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi.
5. Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili.
Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi. Bu degani, misol uchun
avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan
tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish texnologiyasini bilish,
korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi.
Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali
foydalanish,va foyda keltirmayotgan investitsiyalardan voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda
yangi faoliyat turi bilan shug`ullanishga imkon beradi.
Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi,
multiplikator samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt
o’tishi bilan asta-sekin o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab
oshishi va bunday holat investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar kiritishga olib kelishi
mumkin.
6. Q - tamoyili.
Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni
belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir:
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning birja bahosiga nisbati
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan
qanchalik katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor
(birja) bahosining ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki
bozordagi narx joriy xarajatlarni to’liq qoplaydi.
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati
Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu
tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga solinish darajasi
kamayib, korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va qayta baholashda tovar-xom-
ashyo va fond birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan
bunday yondashuv ahamiyati ham ortib boradi.
Tajribalarga qaraganda Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya
kabi sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz
tarmog`i kabi davlat tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: