97
- tijorat banklari;
- chet el banklari va kredit liniyalari;
- portfel investorlari - xususiy fondlar;
- strategik investorlar.
Shuningdek, aksiyalarning
ommaviy emissiyasi, obligatsiyalar,
konvertatsiya qilinadigan
obligatsiyalar va lizing kabi uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari ham e'tiborga loyiq.
Strategik investorlar bo’lib
quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- mazkur yoki o’xshash sohada faoliyat yurituvchi va o’z faoliyatini kengaytirish istagida
bo’lgan kompaniyalar;
- boshqa sanoat sohalarida faoliyat yurituvchi va o’z aktivlaridan
samaraliroq foydalanish
istagida bo’lgan kompaniyalar;
- strategik aloqalarni rivojlantirish istagida bo’lgan moliya-sanoat guruhlari (MSG).
Strategik investorlar, ko’pgina
hollarda, korxona aksiyalarini portfelli investorga nisbatan
yuqoriroq baholaydilar.
Bu holatni, strategik investorlarning uzoq muddatli hamkorlik va korxonada
qaror qabul qilishda ishtirok etish istagi bilan tushuntirish mumkin.
O’zbek korxonalari strategik investordan investitsiya olishni ma'qul
biladilar, chunki ular
investordan quyidagilarni olishga intiladilar:
- yangi texnologiya va uskunalar;
- bozor va tarmoq to’g`risidagi bilimlar;
- chet el bozorlariga kirib borish imkoniyati;
- mahsulot assortimentini kengaytirish;
- bozor tomonidan tan olinish;
- ishlab chiqarish, ta'minot va savdo miqyoslarini kengayishidan samara olish (miyos samarasi);
- sinergetik samara (ishlab chiqarishda o’zaro to’ldiruvchanlik);
- yetkazib berishlar (agarda investor yetkazib beruvchi bo’lsa) yoki tayyor bozor (agarda investor
xaridor bo’lsa);
- tajriba.
Obligatsiyalar investitsion vosita bo’lib aksiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
- obligatsiyalar bo’yicha foizlarning belgilangan to’lovlari amalga oshiriladi;
- obligatsiyalar belgilangan amal qilish muddatiga ega;
- obligatsiyalar qoplanishida asosiy summa qaytarilishi nazarda tutilgan;
- obligatsiyalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish birinchi darajali (ustuvor) hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: