Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

8. Moliyaviy reja 
A) Kamida uch yillik daromad va xarajatlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda). 
Ushbu rejaga kutilayotgan savdo hajmi, sotilgan tovarlar tannarxi va turli xil xarajatlar kiritiladi. 
Daromad solig`i stavkalarini bilgan holda, korxonaning soliqlardan keyingi sof foydasini hisoblash 
mumkin. 
B) Uch yillik pul tushumlari va to’lovlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda). 
V) Balans rejasi. Bu yerda korxona aktiv va passivlarini, tadbirkor tomonidan rivojlanish uchun 
kiritilgan mablag`larni va taqsimlanmagan daromadni aks ettirish lozim. 
G) O’zini-o’zi qoplash nuqtasi (xarajat va daromadlar bir-biriga teng holat). 
D) Mablag` manbalari va ularning sarflanishi. 
Potensial investor nuqtai nazaridan moliyaviy reja ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u 
yangi korxonaning investitsiyaviy ehtiyojlarini asoslaydi va iqtisodiy nuqtai nazardan loyihani amalga 
oshirish qanchalik foydaliligi to’g`risida fikr yuritish imkonini beradi. 
9. Ilovalar 
A) Xat. 
B) Shartnoma, litsenziyalar va h. nusxasi 
V) Boshlang`ich ma'lumotlar olingan hujjatlarning nusxasi. 
G) Yetkazib beruvchilarning preyskurantlari. 
D) Boshqa ma'lumotlar. 
29.5. Rossiya Federatsiyasida qo’llaniladigan biznes-reja namunasi 
RF Hukumatining 22.11.1997 yildagi №1470 Qarori bilan kiritilgan. 
1. Titul varaqasi 
- korxona nomi va manzili; 
- korxona boshlig`i; 
- ismi-sharifi va telefoni; 
- loyiha mohiyati (3-5 qator); 
- qurilish tavsifi; 
- smeta bo’yicha loyiha qiymati; 
- qurilish yillari; 
- loyihani moliyalashtirish (foizlarda): 
a) o’z mablag`lari; 
b) qarz mablag`lari (alohida-mahalliy va chet el); 


145 
- loyihani qoplanish muddati; 
- davlat ekspertizalarining xulosasi; 
- tijorat siri to’g`risida axborot. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin