Ontogenezda rivojlanish psixikasi tushunchasiga psixoanalitik
yondashuv asoslari Z.Freyd tomonidan kiritilgan. Psixik rivojlanish psixoanalizida qiziqishlar, motivlar va tuyg‘ular sohasini
murakkablashishi jarayoni bilan shaxs rivojlanishi hamda uni tuzilishi va funksiyalarining takomillashishi bilan tenglashtiriladi.
Z.Freyd inson psixikasmi 3 bosqichga, ya’ni psixik jarayonlarni
prinsipial anglash imkoniyati mezoni bo‘yicha ong, ongosti va ongsizlikka ajratadi. Uning ilmiy qiziqishlari birinchi navbatda jinsiy
va agressiv qiziqishlarning majmuasiga qaratilgan. Aynan ongsizlik
birinchi bo‘lib jamiyatga qarshi turadi. Freyd shaxs rivojlanishini
individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan hamda unga begona, lekin juda ham zarur deb hisoblaydi.
Inson shaxsi Z.Freyd bo‘yicha o‘z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy
qismlarni qamrab oladi:
U; Men; Oliy Men.
U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug‘ma xarakterga ega, ongsizlik joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo‘ysunadi. Idda tug‘ma
impulsiv qiziqishlar mavjud (hayot instinkti Eros va o‘lim instinkti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil etadi.
Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism. U biologik
yetilishga ko‘ra, hayotning 12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va
reallik prinsipi bilan boshqariladi. Egoning vazifasi sodir bo‘layotganlarni tushuntirish va insonning xulqini shunday tuzish kerakki,
uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va ongning cheklovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida individ va sotsium o‘rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.
Oliy Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng oxirida 3—6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insonning moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan
normalarga amal qilishini qattiq nazoratga oladi.
Id va Super Ego tarafidagi an’analar odatda nizoli xarakterga ega bolib, bu xavotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi.
Bunga javoban Ego bir qator himoya mexanizmlarini yaratadi va
qo‘llaydi. Ular siqib chiqarish, ratsionallashtirish, sublimatsiya,
proeksiya, regressiya va boshqalar.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy
ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya — bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo'naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari
qarshilik ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya
mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo boladi va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya
mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit
talablarini o‘zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini
o'zlashtirish oltasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya’ni shaxsni ichki nizolarini (xavotirlik, siqilish) yengillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni yengillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va
psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta’minlovchi asosiy mexanizm
sifatida shaxsni barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan xavotir tuyg‘ularini bartaraf qilish yoki minimumgacha keltirishga yo‘naltirilgan. Bu yondashuv bilan bogliq holda uning asosiy
funksiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi kechinmalardan «to‘sish» ko‘rib chiqiladi.
Keng ma’noda «psixologik himoya» atamasi psixologik
diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi «yolg‘onlar»
paydo bo‘lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o‘zgartiruvchi
har qanday harakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.
Tor ma’noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini funksiyalashuyi natijasida ong tarkibini o‘ziga xos
tarzda o‘zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular
tushkunlik, rad etish, proeksiya, identifikatsiya, regressiya, izolyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalardir.
Bu himoya mexanizmlarining faoliyati insonning axborot-yo‘nalganlik harakatlari asosini va uning subyektiv, shaxsiy
munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini
hatto tushirishi ham mumkin.
Himoya mexanizmi — bu xatar yoki xavotir manbayini buzib
ko‘rish rad etish yoki qochish mumkin bolgan har qanday jarayon.
Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning «Men»ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o‘zimizni qabul qilishimiz qulay bolishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd birinchilardan bo‘lib, himoyaning ko‘p turlarini identifikatsiyalangan
va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko‘p qollovchi insonlar yaxshi
moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining
ko‘pini xavfni nazorat qilish va o‘zi haqidagi yolg'on tasavvurlarini saqlab qolishga harakat qiladi. Shunga qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko‘pincha xavfni yengib olishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutulish va muammoga
diqqatni qaratishga vaqt paydo boladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o‘zingizga taalluqliligini olgan bolsangiz, bu siz o‘zini gizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta’kidlaganimizdek, hamma ham himoya mexanizmlarini qo‘llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1. Reallikni rad etish yoki buzish.
2. Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko'pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas,
balki ularni kompleks tarzda qo‘llashni ma’qul ko‘radilar. Bundan tashqari ko‘pchilik insonlarda bitta mexanizmlarni boshqasidan afzal ko‘rish moyilligida, ya’ni xuddi ularning qollanilishi
odat tusiga aylangandek tuyuladi.
Psixologik himoya mexanizmlarining turlari:
1. Siqib chiqarish — bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg‘ularni
ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd motivatsion unutish orqali himoya mexanizmini toliq ifodalab bergan. U simptomlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu
mexanizmning faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida yetarli bolmaganda hamda siqib chiqarilgan ma’lumotni buzilgan
holda anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari
ishga tushadi. Ma’lumki, psixologiya fanida himoya mexanizmlarining ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:
A) siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaksiyalarining yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish
mexanizmlari dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi;
B) siqib chiqarish+konversiya — bu kombinatsiya isterik reaksiyalarning asosini tashkil qiladi.
Tushkunlik mexanizmining mohiyati — ongdan jarohatlovchi
voqea mohiyati va u bilan bog‘liq emotsiyalarni chiqarib tashlashdir. Tushkunlik qolquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivojlanadi. Ularning paydo bolishi o‘zini ijobiy idrok qilish uchun
noma’qul shuningdek, agressorga bogliq bolib qoladi. Qolquv
real stimulni unutish oqibatida qolquvni keltirib chiqaruvchi,
shuningdek, u bilan bogliq bolgan assotsiativ obyektlar, faktlar
vaziyatlarning barchasi yiglladi. Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak
va harakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman
toliq yoki simvolik bolishi mumkin. Muammoni yordam solash
oqibatida hal qilish «regressiya» sinfiga shuningdek, «harakat faolligi» mexanizmiga kiradi. Shuningdek, xavotirlanishni kamayishini talab qilish mumkin bolmagan istak orqali kelib chiqqan. Regressiv xulq-atvor ko‘p hoflarda kattalar tomonidan taqdirlanadi
hamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.
Proyeksiya — bu individ o‘zining ongli darajasida rad qiluvchi
fikr, tuyg‘u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki obyektga olkazish mexanizmi. Mexanizm o‘zini va atrofdagilarni ular tomonidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg‘usini
ushlab turish uchun rivojlanadi. Proyeksiya o‘zini qabul qilmaslik
qolquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad
etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan. Proyeksiya atrofdagilarga
ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ
sifatlarni ularning fonida o‘zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir.
«Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki
yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas».
Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish
mumkin. Ko‘pchiligimiz o‘z kamchiliklarimizga e’tibor bermay,
boshqalarda ularni osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o‘z
tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proyeksiya zararli bolishi
ham mumkin, chunki reallikni noto‘g‘ri anglashga olib keladi.
Bu mexanizm ko‘pincha anglamaydigan va xafa boluvchi shaxslarda namoyon boladi.
Introyeksiya — inson yoki obyektni simvolik internalizatsiyasi (o‘ziga kiritishi). Mexanizm harakati proeksiyaga qarama-qarshidir. Introyeksiya yordamida sevgi obyektlari va o‘zining shaxsi oltasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba’zida boshqa odamlarga
nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q qiluvchi tuyg‘ular, o‘zini
o‘zi tanqid qilishga, o‘zini qadrlamaslikka aylanadi, chunki ayblanuvchida introeksiya sodir bolgan. Bunday vaziyat ko‘pincha
depressiya holatida kuzatiladi. Ratsionallashtirish — aslida mumkin bolmagan fikr, tuyg‘u,
xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi himoya mexanizmi. Ratsionallashtirish — psixologik himoyaning
eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz
ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul
bolgan yo‘1 bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan bolamiz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan
yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bolmaydi.
Intellektualizatsiya — bu himoya mexanizmi emotsional histuyg‘u va kechinmalarni bartaraf etish maqsadida namoyon boladi. Intellektual zaxiralarni katta miqdorda qollashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish harakati. Kompensatorlar harakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha insonlaming istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko‘zi ojizning
musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni) agressivlik va hokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash, nogironlikni
qo‘pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bolishi
mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa erishib bolmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensatsiyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri
kelmaydigan mayl, istak va tuyg‘ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv
ma’no jihatdan unga qarama-qarshi munosabat yoki harakatlarni
rivojlantirish yoki urg‘u berish yo‘li bilan almashtiradi. Bu himoya
mexanizmining rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyatlarni o‘zlashtirishi bilan boglaydilar. Reaktiv tuzilish xursandchilik emotsiyalarini ushlab turish uchun qollaniladi. Bu mexanizm
harakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni
taqozo etadi. Shu jumladan, qarashlarning mustahkam belgilanganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda rahmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bolm agan istak siqib chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi.
Masalan, haddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini, haddan ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mumkin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riqli bo‘ladigan
o‘y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm.
Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar,
ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivojlanadi, harakatlaridan xuddi muammolari yo‘qdek tuyuladi. Rad
etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir.
Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qollaydilar.
Siljish (o‘rnini almashtirish) — kuchliroq, kattaroq va ahamiyatliroq subyekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining
agressiya, jahl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga aylanadi.
Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomonidan XX asr boshida «Jinsiylik nazariyasi bo‘yicha 3 ocherk»
nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson
ba’zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug‘iladi (libido), u ma’lum
ketma-ketlikda tananing turli a’zolariga ko‘chadi.
• Freyd psixojinsiy bosqichlarni ochilishi ketma-ketligini organizmning yetilishiga ko‘ra, belgilangan (rivojlanishning biologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga
ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh
rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi deb ataldi,
chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu
keng ma’noda qoniqish deyiladi.
Jinsiy rivojlanish bosqichlari. Psixologiya deb nomlangan
ilm-fanning yangi sohasi falsafa va biologiya fanlari negizida rivojlangan. Vundt ham faylasuf, ham psixolog bolgan. Zigmund Freyd
o‘zining shaxs nazariyasiga oid ta’sirli qarashlari bilan mashhur
bolgan avstriyalik flzik hisoblanadi. Shvetsiyalik biolog Jan Piaje olgan asrda bolalarni kuzatish sohasida yetakchilardan bolgan.
Zigmund Freyd fikriga kola, bolalik davrida hissiyotlarga
kolsatilgan ta’sir, keyinchalik shaxsning o‘z-o‘zini anglashida
namoyon boladi. Shundan boshlab 1920-yilda psixologiya «ruhiy hayot» haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gumanistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi. Freyd nazariyasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni davrlarga bo‘lishda
ham u jinsiy ehtiyoj «libido»ga tayanadi.
Bolalik psixoanalizi
Klassik psixoanaliz nuqtayi nazaridan bolalar bilan ish olib borish qiyinchilik tug‘dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd
va M.Klyayn o‘zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab
chiqdilar. A.Freyd (1895—1982) «Bolalar psixoanaliziga kirish (1927),
«Bolalikdagi norma va patologiya» (1966) bolalar psixoanalizi asoslarini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sabablarini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga
kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy
Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bolishi, ularning
tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari
va ularning shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.
A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchidan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish
mumkin emas: gipnoz, erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qarama-qarshiliklar tahlili va ko‘chirish. Ikkinchidan, u bolalarning tahlil qilish texnikasi o‘ziga xosligini kolsatib oldi. A.Freyd
Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ular dan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan
va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasligi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanalizini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning
to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan
farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, harakat nutqqa nisbatan bolaga ko‘proq xos, erkin o‘yin kattalardagi assotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsiativ mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar
to‘plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif etadi va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
5.3. Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlanishi haqida
Bolalar psixikasini psixoanaliz va o‘yin texnikasi yordamida
o‘rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasawurlarni kengaytirdi. Bolalar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivojlanishiga e’tibor qaratdi2. Uning boglanib qolish nazariyasi zamonaviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning
an’anaviy psixoanalitik tasawurlarini birlashtirishga asoslangan.
Boulbining asosiy g‘oyasi shundan iboratki, ona bolaga nafaqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhimi ona bolaga boglanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda
bolaning yiglashi, kulishlari onaning g‘amxo‘rligi, tashqi xavfsizligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalangan bolaning soglom psixik tarqqiyot yo‘llari ochiq boladi. Ona
bilan bola orasidagi dastlabki emotsional «boglanishning buzilishi» psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish
xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar).
Boulbining g‘oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950-yillardan kichik bolalarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror
qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi
fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz
zarur: bola borligi uchun yaxshi ko‘riladi. Ona hayotga ishonishi
va ortiqcha xavotirlanmasligi zarur, shundagina u bolaga xavfsizlik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati — shartli muhabbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutilmalarga mos harakat qilib qozonish mumkin.
Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil
etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning
asosida «xatar guruhi» bolalari uchun turli xil «ota-ona — bola»
munosabatlarini tuzatish bo‘yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy
psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qollanilmoqda: nevrotik belgilarni yo‘qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish,
aqliy faoliyatni tashkil etish o‘zgarishlarigacha xulq-atvorni yaxshilashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |