Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

3.2.
 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsepsiyalari 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z 
ichiga oladi: 
-
ortiqcha zaxiralardan voz kechish; 
-
asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz 
kechish; 
-
iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish; 
-
uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish; 
-
sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish; 
-
xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish; 
-
yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish. 
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi 
quyidagilardan iborat: 
-mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish; 
-«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish. 
Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil 
etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik 
konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir. 
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor 
konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy 
ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab 
chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi. 
Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi. 
Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida 
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam 
emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga 
muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib 
yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab 
chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin