1. Agrologistik tizim to‘g‘risida asosiy tushunchalar Logistikaning rivojlanish bosqichlari Zamonaviy iqtisodiyotda logistika fanini rivojlanishining quyidagi bosqichlarini
ajratadilar:
Birmchi bosqich - 60chi yillarga to‘g‘ri keladi, va muomala sohasida moddiy oqimlarni
boshqarish uchun logistik yondashishni qo‘llash bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda ikkita asosiy
qoidaga rioya qilish boshlandi:
Хом аше
•
ishlab chiqarish va tashishdagi alohida mavjud bo‘lgan moddiy oqimlar boshqaruvning yagona tizimi bilan o‘zaro bog‘lik ekanligi. •
moddiy resurslar jismoniy taqsimotining ayrim funksiyalarini integratsiyalashuvi sezilarli iqtisodiy sa mara berishi mumkinligi.
Jismoniy taqsimotning optimallashuvi masalalari hamma vaqt kun tartibida turgan. Masalan, yetkazilayotgan partiyalar chastotasi va o‘lchamining optimallashuvi, omborlar joylashishi va amal qilishining optimallashuvi, transport yo‘n
alishlari va grafiklarining optimallashuvi va hokazo. Odatda ushbu masalalar alohida-
alohida tarzda yechiladi, va bu tizimli samaradorlikni ta'minlamaydi. Logistik yondashishning xususiyati esa, ularni tizimli yechimini topishdan iboratdir. Logistika rivo
jlanishining birinchi bosqichida, tovar mahsulotlarni ishlab chiqarishning barcha jarayonlari mustahkam o‘zaro aloqalarga ega bo‘ladilar. Masalan logistika rivojlanishining birinchi bosqichidagi moddiy oqimlar harakati jarayoni ishtirokchilarining logistik integratsiyalashuvi darajasi, 1.1 rasmda ko‘rsatilgan.
Shuni ham ta'kidlab o‘tish joizki, moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha