Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 
QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI QAYTA 
ISHLASH TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI 
 

AGROLOGISTIKA
” 
fanidan
 
 
Bilim sohasi: 
 
400000 – Qishloq va suv xo‘jaligi 
Ta‘lim sohasi: 
 
410000 – Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
Ta‘lim yo’nalishi: 
 
5410500 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va 
dastlabki ishlash texnologiyasi 
GULISTON – 2020 


O‘quv – uslubiy majmua Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
05.07.2019 yil tasdiqlangan “
Agrologistika ” fani
namunaviy dasturi (№ BD – 
5410500 – 2.07) talablari asosida tayyorlangan. 
Tuzuvchi: 
 
Bababekov U.J. 

Agrologistika” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy 
majmua. Guliston, 2020 y 
Taqrizchilar:
Nuriev K.K. (GudDU) 
Qurbonov E.S. (GudDU) 
Fanning O’UM “QXMQIT” kafedrasining 2020 yil “25” 08 № 1-sonli 
majlisida ko’rib chiqilib, universitet Ilmiy–uslubiy Kengashida ko’rib chiqish 
uchun tavsiya qilindi. 
O’UM Guliston davlat universiteti O’quv-uslubiy Kengashining 2021 yil 
“01” 22 dagi № 06-sonli yig’ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlandi. 
 


Kirish 
“Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush 
darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, 
istiqbolimizni rejalash - xullas, qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik, ularning 
aksariyati birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga borib taqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa 
beradigan soha-qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridir». 
O‘zbekiston agrar-industrial davlat bo‘lganligi sababli, mamlakat iqtisodiyotida agrar 
soha muhim o‘rinni egallaydi. +ishloq xo‘jaligi mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va 
sanoatini xom-ashyo bilan ta'minlash bilan bir qatorda, ishga yaroqli aholining katta qismini 
ish bilan ta'minlash va jamiyatdagi barcha tabaqalarning kayfiyatiga ham ta'sir ko‘rsatib turadi. 
Shu bois iqtisodiy islohotlar dastlabki navbatda agrar sektordan boshlanib har bir 
bosqichda o‘z ijobiy natijalarini berib kelmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
tahlili va tajribalar natijalari shundan dalolat bermoqdaki, soha rivoji uni intensivlashganlik 
darajasi bilan bevosita bog‘liqdir, ushbu muhim omilga yetarlicha e'tibor bermaslik, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishga mo‘ljallangan barcha islohot va dasturlarning barbod bo‘lishiga olib 
keluvchi sabablardan biri bo‘lgan. Shuning uchun agrar isloh qilish yoki tarmoqni 
rivojlantirish strategiyasini belgilashda tarmoqda innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, 
yangi texnika va texnologiyalari jalb qilish orqali uni intensivlashtirish darajasini oshirishga 
katta e'tibor berilmoqda. 
Agrar sohada tub o‘zgarishlarga erishish hamda, islohotlarni keng joriy etish uchun eng 
avvalo, iqtisodiyotni erkinlashtirish va shu asosda qishloq xo‘jalik tizimida logistikani qo‘llash 
mavjud muammolarni yechishni osonlashtiradi. 
Ma'lumki turli sifatga ega bo‘lgan moddiy oqimlarning harakatlanishiga oid faoliyat 
turlari logistikaning mazmunini tashkil etadi. Logistika asosiy mazmun va mohiyati jihatidan 
xomashyo va materiallarni ishlab chiqaruvchilarga, istemolchilarga yetkazish jarayonlarini 
rejalashtirish, nazorat qilish, transport operatsiyalarini tashkil etish va boshqarish, yuklarni 
omborlarda saqlashni tashkil etish, mahsulotlarni is'temolchiga uning talablariga ko‘ra 
yetkazib berish bilan bog‘lik muammolar yechimini topishni ko‘zda tutadi. 
Bu vazifalarni amalga oshirish ularni o‘zaro bog‘liklikda tahlil va tadqiqot etish, tizimli 
yondashuv va logistik yondashuvni talab qiladi, chunki umumiy jarayonlarning har biri o‘z 
navbatida juda murakkab ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni 
optimallashtirishni talab qiladi. 
Shuning uchun ham qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini optimallashtirish logistikani 
qo‘llashni taqozo etadi va bu fanni o‘rganish muhim hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jalik tizimida logistik ta'minotining nazariy asoslarini va ularni 
O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlariga tadbiq qilish imkoniyatlarini yanada chuqurroq 
o‘rganish, hozirgi kun talabidir. 
Logistikaning ijobiy xususiyatlarini ongli ravishda qo‘llashni boshlagan olimlar va 
amaliyotchilar qatorida, birinchi navbatda, atrof muhitning tahlili, amaliy hisob yuritish, oziq-
ovqatlarni taqsimlash, inson faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni bashorat qilish va boshqa 
sohalarda ish yuritgan qadimgi va o‘rta asrlardagi yirik mutaxassislarni tilga olish lozim. 
Ammo ularning ko‘pchiligining nomlari bizgacha yetib kelmagan. Fransuz olimi Vett (16 asr), 
fransuz keyinchalik esa rus olimi Jomini (19 asr), nemis olimi Ryustov (19 asr),kabilar 
birinchilardan bo‘lib, logistika, uning xususiyatlari va uslublari haqidagi ma'lumotlarni yig‘ib, 
rivojlantirib, ularni yetarlicha butun bo‘lgan ilmiy-amaliy tizim ko‘rinishiga keltirganlar. 
O‘sha paytlarda atrof muhit tahlili, inson hayotiy faoliyatining eng ahamiyatli jarayonlarini 
boshqarish hamda tizimli ravishda aniq hisob-kitoblar asosida bashorat qiluvchilarni logistika 
bo‘yicha mutaxassis deb hisoblashgan. 
Harbiy, xo‘jalik va ilmiy tizimlarni logistik boshqaruvning amaliyoti samarasini 
oshirishga va nazariyasini keskin rivojlanishiga, o‘tgan asrning 30-chi va 50-70 yillarida chet 


el olimlari, izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar, hamda dunyoning kuchli ishlab chiqarish, 
transport, tijorat kompaniyalarining jamoalari ulkan hissa qo‘shdilar. 
O‘zbekistonda ilk bor olib borilayotgan logistik izlanishlar hamda ishlab chiqarish va 
tijorat faoliyatining har xil turlarini boshqarishda logistik yondashuvning amaliyotga kirib 
borishi, yangi xo‘jalik sharoitlariga o‘tayotgan, mamlakat iqtisodiyotidagi rivojlanayotgan 
ustuvor yo‘nalishlar va ehtiyojlarga javoban turli sohalarga logistika tamoyillari izchillik bilan 
amalga oshmoqda. 
Logistikaning ijobiy xususiyatlarini joriy qilinishiga, birinchi navbatda, ishlab 
chiqarish faoliyati yo‘nalishini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi bozoridan 
iste'molchi bozori tomon o‘zgarishi sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida moddiy-texnik 
ta'minot, sotish, transport ta'minoti va mamlakatda ilgari mavjud bo‘lmagan ulgurji va chakana 
savdo sohalaridagi qator jiddiy va chuqur izlanishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. 
Xarajatlarni logistik optimallashtirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligini, ishlab 
chiqarish, moddiy-texnik ta'minot, sotish, savdo va faoliyatning boshqa yo‘nalishlarida yuzaga 
kelayotgan yangi sharoitlarda transport xizmatlari ko‘rsatishning dolzarbligi va ishonchliligini 
hisobga olgan holda, mamlakatda qishloq xo‘jaligi logistikasi bilan shug‘ullanuvchi 
tadqiqotchilarning safi shakllanmoqda. 
Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lik ayrim funksional jarayonlarning murakkabligi va o‘ziga 
xos xususiyatlariga ega ekanligi uchun, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarishda logistik 
yondashuv imkoniyatlarini, hamda logistik xizmat ko‘rsatishning huquqiy ta'minoti 
muammolari ustida izlanishlar amalga oshirilmoqda. 
Milliy tovar ishlab chiqaruvchilar, tovarlarni mijozlarga yetkazib beruvchilar va ushbu 
bozorni chet el kontragentlari bilan integratsiyalashuvi jarayonlari, xalqaro iqtisodiy aloqalar 
logistika sohasidagi tadqiqotlarni, ustuvor ekanligini belgilab beradi. 
Logistik tadqiqotlar o‘tkazilishi jarayonida, yig‘ilgan ilmiy salohiyat, jumladan, 
kibernetika, tizimlar, graflar, ishonchlilik, kelishuvchanlik, tasodifiy jarayonlar, iqtisodiy-
matematik va iqtisodiy-statistik modellashtirish, dasturlash nazariyalarini va ilmiy 
izlanishlarning boshqa usullarini, va shuningdek axborot va kompyuter texnikasini 
qo‘llashning shakllari va uslublari takomillashib bormoqda. Bundan tashqari logistika o‘z 
xususiyatlariga muvofiq, bozorning talablariga mos keladigan yangi izlanishlar uslubiyotlarini 
va ularni amalga oshirish texnologiyalarini tizimli va majmuaviy tarzda yondashishga turtki 
bo‘lishi va yordam berishi lozim. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin