Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

4.3.
 
Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» masalasi 
Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» kabi masalaga ikki xil alternativ 
(muqobil) variantdan birini tanlash kiradi: 
-
bevosita ishlab chiqaruvchidan tovar resurslarini sotib olib, mustaqil ravishda 
assortimentni shakllantirish; 
-
yirik partiyalarni maydalashtirish, keng assortimentni shakllantirish va 
iste'molchilarga butun holda yetkazish bilan shug‘ullanadigan vositachilardan tovar 
resurslarini sotib oli 
4.2-
 
Rasm. Ta'minot funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar va 
masalalar 
Bevosita ishlab chiqaruvchidan ko‘ra vositachidan sotib olish qulay bo‘lgan hollarning 
sabablarini ko‘rib chiqamiz. 
1. Tovar resurslarini vositachidan xarid qilib, korxona, odatda, keng assortimentni 
kichik partiyalar bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada, zaxiralarga, omborlarga 
bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, assortimentni ayrim turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlar hajmi 
ham kamayadi.? 
2.
Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past bo‘lishi 
mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda o‘z mahsulotini sotadi: 
A)
kichik hajmdagi xaridorlar uchun - 10 so‘m (bir birlik mahsulotga) 
B)
yirik hajmdagi xaridorlar uchun - 8 so‘m (bir birlik mahsulotga) 
Vositachi, yirik partiyani 8 so‘mdan sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga, ustiga 
12% qo‘shib, 8so‘m 96 tiyindan sotadi. Vositachi bu ishni amalga oshirishi mumkin, 
chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqaruvchiga 
esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 so‘mdan sotishga majbur. 
3.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan ko‘ra uzoqroqda joylashgan bo‘lishi 
mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qo‘shilib, narx orasidagi farq yanada oshib 
ketadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin