Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

4.
 
Xarid logistikasi
4.1.
 
Xarid logistikasining mohiyati va vazifalari. 
Xarid logistikasi - bu, korxonani moddiy resurslar bilan ta'minlash jarayonida, moddiy 
oqimlarni boshqarishdir. 
Mikrologistik tizimning katta ahamiyatga ega unsurlaridan biri bu xarid tizimchasidir, 
u moddiy oqimni logistik tizimga kirib borishini tashkil etadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni 
boshqarish ma'lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega, aynan shu holat xarid logistikasini ayrim 
bob sifatida o‘rganilishiga sabab bo‘ladi. 
Moddiy oqimlarni qayta ishlovchi har bir korxona, jumladan qishloq xo‘jalik 
korxonalari ham, o‘z tarkibida, mehnat buyumlarini (urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i moylash 
materiallari va b.) sotib olishni, yetkazishni va vaqtinchalik saqlashni amalga oshiruvchi 
bo‘limga egalar. Bu bo‘lim faoliyatini uchta pog‘onada ko‘rib chiqishimiz mumkin, chunki bu 
bo‘lim bir vaqtning o‘zida; 



korxona kiruvchi makrologistik tizim maqsadlarini aloqasini va amalga oshishini 
ta'minlovchi unsuri; 

mikrologistik tizim unsuri, ya'ni korxona maqsadlarini ro‘yobga chiqishini 
ta'minlovchi korxona bo‘limlaridan biri; 

o‘z unsurlari, tuzilmasi va maqsadlariga ega mustaqil tizim ham bo‘lishi mumkin. 
Har bir belgilangan pog‘onada ta'minot bo‘limi faoliyatining maqsadlarini ko‘rib 
chiqamiz: 
1.
 
Makrologistik tizim unsuri sifatida, ta'minot bo‘limi mahsulot yetkazib beruvchilar 
bilan, tovarlarni yetkazishga doir texnik-texnologik, iqtisodiy va uslubiy (metodologik) 
muammolar bo‘yicha kelishib, xo‘jalik aloqalarini o‘rnatadi. Ta'minot bo‘limi yetkazib 
beruvchining savdo bo‘limlari va transport korxonalari bilan aloqada bo‘lib, korxonani 
makrologistik tizimga kirishini ta'minlaydi. Logistika g‘oyasi 

barcha ishtirokchilar o‘zaro 
kelishgan holda faoliyat ko‘rsatishidan qo‘shimcha daromad olish uchun, ta'minot bo‘limi 
xodimlari o‘z korxonasi maqsadlarini ro‘yobga chiqishini ta'minlashda ushbu korxonani 
alohida ob'ekt tarzida emas, balki butun bir logistik tizimning bo‘g‘ini sifatida ish ko‘rishlari 
lozim. Ya'ni, ta'minot bo‘limi, o‘z korxonasiga ishlash bilan birga, butun makrologistik tizim 
faoliyatining samaradorligi oshishini ham nazarda tutishi lozim. Bunday yondashuvda o‘z 
korxonasiga butun makrologistik tizim unsuri sifatida qaraladi: tizim ahvoli yaxshilansa - 
uning bo‘g‘ini bo‘lmish korxonaning ahvoli ham yaxshilanadi. Masalan qishloq xo‘jaligida 
ham, agarda har bir pudratchi o‘z manfaatini ko‘zlash bilan birga boshqa pudratchilarga ziyon 
yetkazmaslik, iloji bo‘lsa yordam berishni ham o‘ylasa, unda butun xo‘jalikning ishi ham a'lo 
darajada bo‘ladi. 
yetkazib beruvchilar bilan logistik integratsiya iqtisodiy, texnik, texnologik va uslubiy 
xarakterdagi tadbirlar majmui hisobiga erishiladi. Integratsiya, ishonchli hamkorlik 
munosabatlariga, agarda daromad bo‘lmasa ham hamkorga qo‘l uzatishga, asoslangan bo‘lishi 
kerak. «Menga baribir...» falsafasini ilgari suruvchilar, hozirgi tadbirkorlar dunyosida o‘z 
o‘rnini topa olmaydilar. 
Logistikada yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan 
bo‘lishi kerak. 
1.
yetkazib beruvchilar bilan xuddi mijozlar bilan bo‘lgandek munosabatda bo‘lish. 
2.
Maqsadlar birligini amalda namoyon qilishni unutmaslik. 
3.
yetkazib beruvchini o‘z maqsadlari bilan tanishtirish va uni ishidan ham xabardor 
bo‘lish. 
4.
yetkazib beruvchida muammolar paydo bo‘lsa unga yordam berishga tayyor turish. 
5.
Olgan majburiyatlariga amal qilish. 
6.
Ish amaliyotida yetkazib beruvchi maqsadlarini ham hisobga olish. 
Ta'minot bo‘limi, yangi mahsulotni ishlab chiqish yo‘llarini izlash bosqichidan 
boshlab, korxonani moddiy resurslar bilan ta'minlash masalasini yechishga kirishadi. Logistik 
tashkil etilgan tizimlarda esa, bu bosqichda yetkazib beruvchi ham ishtirok etishi mumkin. 
1.
Ta'minot bo‘limi, uni tashkil etgan korxonaning unsuri bo‘lishi bilan birga, 
ta’minot - ishlab chiqarish - sotish
zanjiridagi moddiy oqimni o‘tib ketishini ta'minlovchi 
makrologistik tizimga ham mos tarzda kirib borishi lozim. Ta'minot bo‘limining ishlab 
chiqarish va sotish bo‘limlari bilan, moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha, faoliyatlarini 
yuqori darajada o‘zaro kelishilgan bo‘lishini ta'minlash, butun korxonani logistik tashkil 
etishning vazifasidir. Zamonaviy ishlab chiqarish va moddiy-texnik ta'minot tizimlari, korxona 
miqyosidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish bo‘g‘inlari rejalarining o‘zaro kelishilgan 
bo‘lishi va ularga operativ tarzda o‘zgartirishlar kiritilishi imkoniyatini ta'minlaydilar. Bunda 
real vaqtdagi doimiy o‘zgarishlar ham hisobga olinadi. 
Ta'minot - ishlab chiqarish - sotish
zanjiri zamonaviy marketing konsepsiyasi asosida 
barpo etilishi lozim, ya'ni birinchi navbatda sotish strategiyasi, keyinchalik undan kelib 
chiqqan xolda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi va undan keyingina ishlab 


chiqarishni ta'minlash strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki 
marketing bu masalani faqatgina konseptual nuqtai nazardan belgilaydi. Sotish bozorlarini har 
tomonlama tekshirishga mo‘ljallangan marketing ilmiy qurollari, mos talablarga bog‘liq 
bo‘lgan, yetkazib beruvchilarni texnik- texnologik kelishishi masalalarini yechishga imkon 
beradigan uslublarni ishlab chiqmagan. Shuningdek marketing, xom ashyoning birlamchi 
ishlab chiqaruvchisidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan materiallar harakati jarayonidagi 
barcha ishtirokchilarning tizimli tashkil etish uslublarini ham taklif etmaydi. Bu nuqtai 
nazardan logistika ishbilarmonlik faoliyatiga marketing yondashuvini rivojlantiradi, marketing 
konsepsiyasini amalga oshirish imkonini yaratuvchi usullarni ishlab chiqadi, konsepsiyaning 
o‘zini ham sezilarli darajada kengaytiradi va to‘ldiradi. 
2.
Ta'minot bo‘limining samarali faoliyat yuritishi, korxona miqyosida ham, 
makrologistika miqyosida ham sanab o‘tilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, bularning 
barchasi ta'minot bo‘limini tizimli tashkil etilishga bog‘liqdir. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin