tizimiki, unda zarur mahsulotlar keyingi bo‘g‘indan oldingisiga lozim bo‘lgan taqdirdagina yetkaziladi.
Bu yerda markaziy boshqaruv tizimi korxonaning har xil bo‘limlari orasidagi moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab chiqarish vazifalarini belgilamaydi. Ayrim texnologik bo‘g‘in ishlab chiqarish texnologik zanjirining oxirgi bo‘g‘ini oldida vazifa qo‘yadi. yetaklovchi tizimning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, 3.4 -rasmdagi
misolni ko‘rib chiqamiz.
Shartli belgilashlar:
- moddiy oqim, a) - meva
yetkazilishi v) -
sharbat yetkazilishi d) -
mevaga buyurtma j) -
sharbatga buyurtma 3.4- Rasm. Ishlab chiqarish logistik tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini yetaklovchi tizimining prinsipial sxemasi Faraz qilaylik meva qayta ishlash korxonasi 1500 birlik mahsulot (meva sharbati) ishlab chiqarishga buyurtma qabul qildi. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi qadoqlash (tayyor mahsulot) bo‘limiga jo‘natadi. Qadoqlash bo‘limi buyurtmani bajarish uchun sharbat bo‘limidan 1500ta qadoq mahsulotga ketadigan sharbat so‘raydi. Sharbat bo‘limi o‘z zaxirasidan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun qayla bo‘limidan 1500ta qadoq sharbat ishlab chiqarish uc hun
qayla so‘raydi. Qayla bo‘limi o‘z zaxiralaridan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun ombordan meva so‘raydi. Shunday qilib moddiy oqim har bir oldingi bo‘g‘in tomonidan «tortib olinadi». Bunda ayrim bo‘lim xodimlari, markaziy boshqaruv tizimiga nisbatan, optimal
buyurtma o‘lchamini aniqlovchi, ko‘proq o‘ziga xos omillarni hisobga olish imkoniyatiga ega.