Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


turganimizdek bu yerda, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

turganimizdek bu yerda, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish 
ombor va transportning o‘zaro faoliyatiga ishlab chiqarishni rejalashtirish ham 
qo‘shiladi. Bu zaxiralarni kamaytirish, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarilishi hisobiga 
xaridorlarga x
izmat ko‘rsatish sifatini oshirish, uskunalardan foydalanishni yaxshilash 
imkonini beradi. 
1.3-
 
Rasm. Logistika rivojlanishining uchinchi bosqichi: logistik jarayon 
ishtirokchilarining yig‘indisi umumiylashib bormoqda
Uchinchi bosqich
 esa hozirgi vaqtga tegishli bo‘lib, u quyidagilar bilan 
tavsiflanadi: 
-
butun jahon iqtisodiyotidagi bozor jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda 
fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
-
material o‘tkazuvchi sub'ektlar yig‘indisi umumiylashib boradi (1
.3 rasm) 
-
moddiy va axborot oqimlarini tezda o‘tishini ta'minlovchi, zamonaviy 
kommunikatsion 
texnologiyalar, 
mahsulot 
harakatining 
barcha 
bosqichlari 
monitoringini amalga oshirishga imkon beradi;
-
logistika sohasida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi t
armoqlar 
rivojlanadi; 
- logistika konsepsiyasi (uning asosiy qoidasi bu integratsiyadir), ta'minot, ishlab 
chiqarish va taqsimot zanjirlari ishtirokchilarining ko‘pchiligi tomonidan tan olina boshlaydi. 
Таиёр 
маодлот 
омбоои 


2.
 
Agrologistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi 
Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri 
hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta'minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu 
ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida, 
ajratish lozim. 
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta'riflab o‘tamiz. 
Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib - qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma'nosini 
anglatadi) - bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir- biri bilan aloqa va 
munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. +uyidagi 4-ta xususiyatga ega bo‘lgan ob'ektni 
bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin: 
1.
butunlik va alohidalik 
2.
o‘zaro aloqa 
3.
tashkil etish, tartib 
4.
integrativ jihatlar (ya'ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan 
xususiyatlar) 
Moddiy oqimlar harakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnika: transport 
vositalari, ortish-tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 
logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etilgan bo‘ladi. Jarayonning kechishi esa 
harakatlanayotgan va yig‘ilayotgan yuklarning, ushbu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham 
bog‘liq. Yuklar o‘tishini ta'minlovchi ishlab chiqarish kuchlarining yig‘indisi, yaxshimi 
yomonmi, ammo tashkil etilgan. Umuman olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo‘lsa, 
qandaydir tovar o‘tkazuvchi tizim ham mavjud bo‘ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus 
loyihalanmasdan, ayrim unsurlarning (turli korxonalar yoki ularning bo‘limlari) faoliyati 
natijasida yuzaga keladilar. 
Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizimlarni 
loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi moddiy oqimlar 
parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab chiqarish 
kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq qiladilar. 
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan ko‘rib 
chiqamiz: 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin