Microsoft Word 2-mavzu. Raqamli banklarda qo'llaniladi-gan tehnologiya-lar docx



Yüklə 166,55 Kb.
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü166,55 Kb.
#190827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 MAVZU RAQAMLI BANKLARDA QO\'LLANILADI GAN TEHNOLOGIYALAR

3. Raqamli bank tizimi modellari:
blokcheyn texnologiyasi ia raqamli iqtisodiyot
1. Blokcheyn tushunchasi
Blokcheyn - bu taqsimlangan daftar-reestr texnologiyasi bo‘lib, unda har bir blokda tasdiqlangan tranzaktsiyalar to‘plami mavjud. Banklar va boshqa moliya institutlari tomonidan yuritiladigan markazlashtirilgan registrlardan farqli o‘laroq, blokcheynda ma’lumotlar tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida qayd etiladi. Bu ma’lumotlar bazasi tizimlarining yangi turi bo‘lib, unda ko‘p sonli ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida ma’lumotlar bazasiga keraksiz vositachilar va qog‘ozbozliksiz kirishlari mumkin.
Blokcheynning asosiy xususiyatlari - yagona boshqaruv markazining yo‘qligi, shaffoflik, tranzaktsiyalarning qaytarilmasligi va allaqachon qayd etilgan bloklarga o‘zgartirish kiritishning mumkin emasligi. Internetga ulangan har bir kishi ommaviy blokcheyndagi barcha tranzaktsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin, ammo ularni hech kim o‘zgartira olmaydi.
Yaqin vaqtgacha blokcheyn so‘zi faqat kriptovalyuta bilan bog‘liq edi. Bitcoin bugungi kungacha ushbu texnologiyaning eng mashhur va muvaffaqiyatli namunasi bo‘lib qolmoqda.
Maynerlar-Konchilar tranzaktsiyalarni qayta ishlash va tasdiqlash uchun mas’ul bo‘lib, ular tarmoqning hisob birligi - bitcoin kriptovalyutasi bilan ishi uchun mukofotlanadi. Boshqa kriptovalyuta tarmoqlarining aksariyati xuddi shu tamoyil asosida ishlaydi.
Ammo bu texnologiyaning imkoniyatlari kriptovalyuta bilan chegaralanmaydi. Ko‘pgina korporatsiyalar blokcheynni amalga oshirmoqda: sog‘liqni saqlash, logistika va o‘yin sanoati sohalarida loyihalar allaqachon boshlangan. Va kriptovalyutalardan keyin blokcheyndan foydalanish uchun eng mashhur joy moliyaviy sektor bo‘lib qolmoqda.
Banklar o‘z ishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ma’lumotlarni doimiy ravishda tekshirishlari va muvofiqlashtirishlari kerak. Bu jarayon yarashish - rekonsilyasiya deb ataladi.
Har bir kompaniya o‘z ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning dolzarbligini mustaqil ravishda saqlaydi. Ikki tomonlama almashinuv zarur bo‘lsa, bu jarayonlar juda sekin va samarasiz. Blokcheyn kelishuvni tranzaktsiyalarni qayta ishlash jarayonining bir qismiga aylantirib, ma’lumotlarni solishtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirishi mumkin.

Yüklə 166,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin