Near Sound Data Transfer (NSDT): Bu har qanday mobil telefondan foydalanadigan mobil bank xizmatida ishlatiladigan tezkor, xavfsiz va qulay kontaktsiz to‘lov texnologiyasi.
NSDT mijozning SMS yoki USSD texnologiyalaridan emas, balki operatsiyani tasdiqlash uchun to‘lovlarni amalga oshirishni xohlagan har safar chiqariladigan bir martalik audio parolidan foydalanadi.
NSDT platformasi xavfsiz tranzaksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. NSDT operatsiyalari mijozning uyali aloqasi va diller yoki operatorlarning to‘lovlarni qabul qilish moslamasi orqali amalga oshiriladi.
Mijoz pulni ro‘yxatdan o‘tgan agent orqali kiritadi va pul virtual hamyonga tushadi. NSDT barcha tranzaksiyalarning maqsadi aloqa tezligi va ma’lumotlarni siqish, xavfsizlik va kriptografiya, xatolarni aniqlash va tuzatish hamda oxir-oqibat ovozni optimallashtirishdir. SHuning uchun NSDT samarali va mukammal operatsiyalarni amalga oshiradi va hatto juda shovqinli muhitda ham foydalanish mumkin.
RFID Technology. Bank kartasi to‘lov uchun chip bilan ta’minlanadi va to‘lov oddiygina kartani RFID o‘quvchi qurilma oldiga qo‘yish orqali amalga oshiriladi hamda to‘lov avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Telephone Banking or Interactive Voice Response (IVR). Telefon-bank bu mijoz tomonidan bank tomonidan taqdim etilgan maxsus raqamga qo‘ng‘iroq qilgandan so‘ng tizim bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkoniyatini beradigan axborot texnologiyalaridir.
Mijoz ovozli xabar tizimidan turli xil variantlarni tanlash bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi yoki tanlov variantlari uchun gaplashishi mumkin. Mijoz telefon banki uchun belgilangan raqamda oldindan yozib olingan ovoz bilan so‘ralganda eng mos variantni tanlashi kerak.
Ovozli tezkor tizim mijozning ovozini sharhlovchi nutqni aniqlashdan foydalanadi. Variantni tanlash uchun mijoz “ha”, “yo‘q” yoki raqam kabi oddiy so‘zlardan foydalanishi kerak.
Wireless Application Protocol (WAP). Bu mobil bank xizmatida ishlatiladigan texnologiya bo‘lib, mijoz bank veb-saytiga mobil telefonidagi brauzer yordamida internet orqali ulanadi.
Mijoz o‘zining bank hisobvarag‘i ma’lumotlariga kompyuter vazifasini bajaradigan mobil telefon yordamida kirish imkoniyatiga ega. Mijoz hech qanday dasturiy ta’minotni yuklab olish kerak bo‘lmasdan kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Unstructured Supplementary Service Data (USSD). Bu menyu va belgilangan seansga ega SMS xizmati. Bu barcha telefon modellarida qo‘llaniladigan standart.
Mijoz javob berish uchun jumlalarni ishlatishdan farqli o‘laroq davom ettirish uchun menyudagi variantlar ro‘yxatidan birini tanlashi kerak.
USSDning asosiy afzalligi: mijoz menyudan tegishli variantlarni tanlab tezda javob beradi. USSD mijoz, uyali aloqa tarmog‘i va bank o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi.
USSD xizmatidan foydalanish uchun mijozlar SIM-karta oldindan xizmat uchun zarur bo‘lgan buyruqlar bilan o‘rnatiladi. Mijoz bank yoki uyali aloqa operatori tomonidan taqdim etilgan USSD xizmati uchun ajratilgan raqamlardan foydalanadi.
Mijoz so‘rovni USSD xizmat raqamini terish bilan boshlaydi, uyali aloqa operatori menyuni qaytaradi. Mijoz mavjud bo‘lgan variantlardan birini tanlaydi.
Contactless Payments using Near Field Technology (NFC). Bu ikki tomonlama radio to‘lqinlari aloqasi, shuningdek mos keladigan dasturiy ta’minotni boshqaradigan va birbiriga yaqin masofada joylashgan aqlli mobil qurilmalar yordamida mobil aloqa va simsiz to‘lov shaklidir.