10-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINI
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Hozirgi kunga qadar adabiy ta`lim ona tili o`qitish metodikasining
tarkibida o`rganilib kelinayotgan edi. O`rta umumiy talimda adabiyot
o`qitish metodikasi mustaqil fan sifatida o`z statusiga ega bo`lgani
sababli
boshlang`ich talimda h
am adabiy talim metodikasiga metodist olimlar
metodikaning mustaqil fani sifatida qarash lozimligini ilmiy
-
metodik
jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar. Insonning tafakkuri, aqliy
salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtim
oiy
-
iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular
umumiy o`rta ta’lim jarayonida ma’lum yonalish bo`yicha o`zlarining
iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona
foydalanish, uni to`g`ri yonaltirish lozim”
,
–
dedi I.A.Karimov o`zining
“Barkamol avlod orzusi” asarida. Boshlangich sinflarda o`tiladigan ona tili,
matematika, o`qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o`z mohiyati,
maqsad va vazifalariga kora ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki
ularnin
g zaminida savodxonlik va axloqiy
-
ta'limiy tarbiya asoslari turadi.
Shuning uchun ham boshlangich ta'lim darslariga oquvchilar qiziqishini
oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlangich
sinflardanoq « dars » degan muqaddas so`zdan bezi
b qolmasliklari lozim.
Bugungi kunda o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirish uchun
tajribali o`qituvchilar turli didaktik o`yinlardan foydalanishmoqda. Interfaol
metod
–
ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni
oshiris
h orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni
kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu
usullarni
qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning
asosiy mezonlari
–
norasmiy bahs
–
munozaralar o`tkazish, o`quv materialini
erkin bayon etish, mustaqil o`qish, o`rganish, seminarlar o`tkazish,
o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik
guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazif
alar
berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.
Umumiy o‘rta ta’limning bir bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim 1
-
4
-
sinflarni o‘z ichiga oladi. Milliy dasturlarimizda ta’kidlanganidek, bu
bosqichda ta’limning yangicha tizimini va mazmunini shakl
lantirish uchun
quyidagilar zarur:
* o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda
ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
* ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy
o‘quv
-
uslubiy majmualarini yarat
ish va o‘quv
-
tarbiya jarayonini didaktik
jihatdan ta’minlash va hokazo.
Mashhur rus olimi K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv
predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va
yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib o‘qituvchi bo‘lga
n ona tili bolaga
ko‘p narsani o‘rgatadi. Bola ikki
-
uch yil ichida shunchalik ko‘p narsa
o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda
to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘
pedagogligi ham
ana shundadir”,
-
deydi u. Boshlang‘ich ta’limning 1
-
sinflarida bolalarga savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon
quyidagi 2 davrga bo‘linadi:
1. alifbogacha tayyorgarlik davri. (bu davr 2 haftani qamrab oladi).
2. alifbo davri (o‘quv yili
ning 31
-
dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi
o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib
-
intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan
tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni
oshiri
shdan iboratdir. Mazkur davrning o‘zi ham quyidagi 2 bosqichga
bo'linadi:
a) harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
b) unli tovush va harf о‘rganiladigan bosqich (1 hafta).
Birinchi bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq, gap, so‘z,
bo‘g‘in va
tovushlar, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi,
so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil
topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga
ajratilishi o‘rgatiladi, ulardan amaliy fo
ydalana bilish ko‘nikmalari hosil
qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli
nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar
tuzdiriladi. Maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalanib o‘zlari bi
lgan
she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla,
qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Bundan tashqari ta’lim jarayonida yaxshi
samara berishi mumkin bo‘lgan metodlardan yana biri tayanch so‘zlar
asosida gap tuzdirishdir. “Al
ifbe” kitobi sahifalaridagi so‘zlarning talaffuzi,
ularning o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi mashg‘ulotlar
uyushtiriladi. Bu tarzdagi ishlarning har bir darsda mavzularga bog‘liq
ravishda izchil davom ettirib borilishi dars samaradorligini oshira
di. Bu
bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari
bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga
qarab grafik xatolarini aniqlash, o‘z
-
o‘zini tekshirish, harf oralarining
tengligiga rioya qilis
h, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa unli tovush va harflar o‘rgatiladi. Bunda quyidagi
uch xususiyatni o‘quvchilar tomonidan amaliy ravishda puxta egallashlariga
erishish lozim:
1. talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchr
amaslik;
2. cho‘zib aytilishini nazorat qilish;
3. faqat ovozdan tashkil topishi.
Shuningdek, bu bosqichda o‘quvchilarni tovush bilan harfni
farqlashga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf
o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qil
inadi. Bolalarga tovush haqidagi
ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf
ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos
xususiyatlar, ya’ni, tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni
yozamiz, ko‘ram
iz va o‘qiymiz. Bu tushunchalar bolalarga ularning
o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin
-
asta tushuntirila boriladi.
Alifbo davri. 31
-
dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi
barcha unli va undosh tovush
-
harflar bilan tanishtiriladi. Und
oshlar osondan
qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar
n, m, l
kabilar,
keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa undoshlar, ikki tovushni ifodalaydigan
j
,
harf birikmalari
(ng, sh, ch),
tovush bildirmaydigan tutuq belgisi
(’)
bilan
tanishti
riladi. O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar
o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in
chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf
munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in t
uzish va o‘qish, bo‘g‘in
-
tovush, tovush
-
harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu davrda
bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi, ikki harfli ochiq (na, ni, nu kabi),
ikki harfli yopiq
(in, ol ),
kabi uch harfli yopiq bo‘g‘inlarni
(mon, lim)
o
‘qishg
a o‘rgatiladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’limning 1
-
4 sinflari
bola hayotida muhim davrni tashkil qilib, o‘quvchining keyingi davrdagi
o‘qish jarayoniga bo‘lgan tasavvurida eng ahamiyatli davrdir. Dars
mashg‘ulotlari vaqtida har bir
o'qituvchi o'z o‘quvchisini dars jarayonida
faollashtira olsa, bolaning o'qish, o'zlashtirish, bilim, ko'nikma,
malakalarni
egallash darajasi yuqori ko'rsatkichlarni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |