Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə12/44
tarix24.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147664
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Karimov-I.Axborot xavfsizligi asoslari

Texnik himoya vositalari – bu texnik qurilmalar, komplekslar yoki tizimlar yordamida obyektni himoyalashdir. Texnik vositalarning afzalligi keng ko‘lamdagi masalalarni hal etilishda, yuqori ishonchlilikda, kom- pleks rivojlangan himoya tizimini yaratish imkoniyatida, ruxsatsiz foyda- lanishga urinishlarga mos munosabat bildirishda va himoyalash amallarini bajarish usullaridan foydalanishning an’anaviyligida namoyon bo‘ladi.
Maskirovkalovchi (niqoblovchi) belgilarning ochilishi (demaskirovka belgilari) deganda obyektning boshqa obyektlardan biron-bir tavsifi bilan farq qiladigan xususiyati tushuniladi. Farqlovchi tavsiflar son yoki sifatda baholanishi mumkin. Obyektning demaskirovka belgilari – bu himoya obyektiga xos xususiyat bo‘lib, undan texnik razvedka obyektni topishi yoki aniqlashi hamda obyekt haqida kerakli ma’lumotlarni olish uchun foydala- nilishi mumkin. Axborotga egalik demaskirovka belgilarini tahlil etish or- qali amalga oshiriladi. Demak, bu belgilar axborotni o‘ziga xos chiqib ke- tish kanali hisoblanadi. Demaskirovka belgilarni tarqatuvchilar bo‘lib to‘g‘- ridan-to‘g‘ri bu belgilar bilan bog‘liq bo‘lgan fizik maydonlar hisoblanadi. Axborot tizimida texnik xarakterdagi tadbirlar. Axborot xavfsizligi tizimining injener-texnik elementi texnik razvedka vositalariga hamda ularning kompleksi asosida nazorat sohasini hosil qilishga qarshi faol va passiv qarshilik ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Axborotni himoya qilish- da ushbu element muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning tarkibiga quyida-
gilar kiradi:

  • bino, inshoat, aloqa liniyalari joylashgan hududga begona shaxs- larning kirishiga qarshi fizik himoyani tashkillashtirish;

  • kompyuter qurilmalari, aloqa vositalari, modemlar, fakslar va aloqa kanali orqali ma’lumot uzatishda ishtirok etuvchi boshqa qurilmalar bilan

ishlash jarayonida vujudga keluvchi axborotning chiqib ketish texnik kanallariga qarshi texnik vositalar;

  • binoni vizual usullar bilan texnik razvedka qilishdan himoyalovchi vositalar;

  • kuzatish vositalari, xabar berish, signalizatsiya, axborot berish, texnik vositalarning ish faoliyati buzilganda yoki tarmoq aloqasi kattalik- lari o‘zgartirilganda ularni identifikatsiya qilish;

  • texnik razvedka asboblari va qurilmalari (eshitish, kuzatish, uzatish va boshq.)ni aniqlovchi vositalar;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ish joyidan maxsus niqob- langan (maskirovka) buyumlarni, axborot tashuvchilar, tashqi xotiralar va shu kabilarni olib chiqib ketishni oldini oluvchi nazorat texnik vositalari;

  • texnik vositalarning zaxirasini yaratish, axborot tashuvchilarning nusxasini hosil qilish.

Axborot himoya tizimining asosiy elementlaridan biri – bu tizimdagi barcha elektron qurilmalarni uzluksiz ishlashi uchun ularni elektr manbai bilan ta’minlash. Ko‘pchilik axborot tashuvchilarga elektr energiyasi uza- tishning to‘liq uzilishi kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalarning ish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan noto‘g‘ri fikrga ega. Aksincha, elektr tarmog‘idagi oddiy ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan kuchlanish o‘z- garishlari yoki xalaqit berishlar tizimdagi qurilmalarga eng katta zarar keltirishi mumkin. Yuqori sezgirli elektron qurilmalar, shu jumladan kompyuter, kommutator va marshrutizatorlar elektr tarmog‘idagi kuchla- nish o‘zgarishini darhol sezadi va munosabat bildiradi.
Bundan tashqari, shunga e’tibor berish kerakki, g‘arazgo‘y kimsalar obyekt (korxona, tashkilot)dagi axborot muhitida qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni 127/220/380 V kuchlanishli elektr tarmog‘i vositasida yechib olishlari mumkin. Yondosh elektromagnit nurlanishlar darajasini kamaytirish uchun maxsus axborot himoya vositalari qo‘llaniladi. Bular:

  • binoni ekranlash;

  • himoya obyektlari kuchlanishini qo‘shimcha ravishda yechish (yerga ulanish);

  • tarmoq shovqin-pasaytirgich filtrlar yordamida elektr manbai zanjirlarini ajratish;

  • nazorat qilinuvchi sohadagi axborot zanjirlari va tashqi aloqa liniyalari orasida elektromagnit maydonini ajratish.

    1. Yüklə 0,87 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin