Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə9/44
tarix24.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Karimov-I.Axborot xavfsizligi asoslari

Amalga oshirish usuliga ko‘ra: himoyalanuvchi axborotga noqo- nuniy ruxsat (shu jumladan tasodifiy), axborotga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, axborotni chiqib ketish texnik kanallari orqali chiqarib yuborish.

Eng keng tarqalgan va ommalashgan axborotga tahdid toifalariga: amalga oshirish usuliga ko‘ra hamda axborotning buziluvchi xususiyati turiga ko‘ralar kiradi.


    1. Axborot xavfsizligi bo‘yicha normativ huquqiy hujjatlar


Ma’lumki, huquq – bu hukumat tomonidan turmushning ma’lum bir sohalariga, davlat organlari, tashkilotlari yoki aholiga nisbatan o‘rnatilgan yoki sanksiyalangan umummajburiy qoidalar va me’yorlar to‘plamidir.


O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «Normativ- huquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi tahrirda)»gi qonunining1 3-moddasiga asosan «Normativ huquqiy hujjat ushbu qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgi- lashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir».
Normativ huquqiy hujjat – bu huquq ijodkorligi hujjati bo‘lib, ma’lum bir tartibda, qat’iy belgilangan subyektlar tomonidan qabul qilinadi va huquq me’yoriga ega bo‘ladi.
Normativ huquqiy hujjat huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Normativ huquqiy hujjat (boshqa huquq manbalariga nisbatan) kafolat doirasida faqat mas’ul davlat organlari tomonidan qabul qilinadi hamda ma’lum bir ko‘rinishga, hujjat shakliga ega bo‘ladi. Normativ huquqiy hujjatlar mamlakat bo‘yicha amal qiladi va yagona tizimni hosil qiladi.
Normativ huquqiy hujjatlar belgilari:

  • me’yoriy xarakter;

  • huquqiy akt;

  • huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi;

  • umummajburiylik;

  • rasmiy hujjat ko‘rinishida tuziladi;



1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – №52. – 583-м.

  • huquq me’yorlarini guruhlashda ma’lum bir tartibga rioya qilinadi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi normativ huquqiy hujjatlarning turlarini aniqlaydi. Quyidagilar normativ huquqiy hujjat hisoblanadi:

    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

    • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmo- yishlari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari;

    • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

    • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va O‘zbe- kiston Respublikasi qonun hujjatlari majmuini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekis- ton Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmo- yishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazir- liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi (ushbu qonunning 6-moddasi).
Axborot xavfsizligini ta’minlashda normativ huquqiy boshqaruvning zarurligi. Huquqiy baza axborotga egalik huquqiga va uni muhofaza qilishga oid vazifalarni yechish imkonini berishi zarur. Himoyalanayotgan axborotga tahdidni aniqlashi va uni himoyalash tartibini belgilashi kerak. Huquqiy davlatda barcha tashkilot va muassasalar, rahbar shaxslar va fuqarolar faoliyati amaldagi qonunlar doirasida tashkil etilishi lozim.
Axborotni muhofaza qilish sohasiga oid normativ huquqiy hujjatlarda:

  • axborotni muhofaza qilish, uning maxfiyligi va himoya uchun o‘rnatilgan qoidalar sohasida turli subyektlarning huquqlari ifodalanishi;

  • himoyalanayotgan axborotga noqonuniy tahdid qilish yoki uning egasiga zarar yetkazuvchi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatlar uchun jinoiy, ma’muriy, moddiy va ma’naviy javobgarlik belgilanishi kerak.

Axborotni huquqiy himoyalash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shartnoma, konvensiya va deklara-
tsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega. Uni hal qilish uchun huquqiy hamda tashkiliy choralar va dasturiy- texnik ta’minotni (identifikatsiya va autentifikatsiya; ruxsatni boshqarish; protokollashtirish va audit; kriptografiya) birgalikda ko‘rish talab etiladi (misol uchun, korxona boshqaruvi miqyosida uning kompyuter axborot tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish hamda kerakli resurslar talab etiladi).
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrda e’lon qilingan
«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunining1 12-moddasi “Axborot xavf- sizligini ta’minlash prinsipi” deb nomlanadi. Ushbu moddaga binoan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashi shart.
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari shaxsga doir ma’lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar muhofaza qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini ta’minlash yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko‘radi.
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida saqlanadigan shaxsga doir ma’lumot- lardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza beruvchi- ning roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin