Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Oilaning ijtimoiy mavqei
– oilaning individual xususiyatlari bilan uning tuzilish va 
funksional parametrlari bilan mos kelishi hisoblanadi. 
Etimlik – 
jamiyatda ota-onalari vafot etgan bolalar hamda ota-onalari qarovisiz qolgan 
bolalar borligi sababli ijtimoiy holatdir. 
Ijtimoiy etimlik
– biologik ota-onalariga ega bo‘lgan bola, lekin ular biror-bir sabablarga 
ko‘ra bolani tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar; shunday
holatda bola haqidagi tashvishlarni jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. 
Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar
– bu bolalarning ota-onalari: vafot etgan; ota-
onalik huquqidan mahrum etilgan; ota-onalik huquqlari cheklangan; noma’lum sabablarga ko‘ra 
yo‘qlar deb tan olingan; layoqatsiz (nogironlar); axloq tuzatish koloniyalarida jazo muddatini 
o‘tayotganlar, jinoyat sodir etishda ayblanadilar va qamoqqa olingan; bola tarbiyasidan bosh 
tortadiganlar; bola vaqtinchalik joylashtirilgan davolash, ijtimoiy muassasalaridan bolani olib 
ketishdan bosh tortadilar. 
Vasiylik va himoyasiga olish
– etim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni 
boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish 
shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga etmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18 
yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi. 
Farzand qilib olish
– farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-
onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik 
akt. 
Davlat qaramog‘iga olish
– farzand qilib olinayotgan bolaga (etim bolaga) uni 
tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur haroitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga 
joylash 
Anomal bolalar
– me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida 
bo‘lgan hamda ularning asoratlarini engib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini 
qo‘llanilishiga muhtoj bolalar. 
Iqtidorlilik
– me’yordagi yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda 
bo‘lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo‘lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin