239
Ushbu nazorat turi auditoriyada potok yoki akademik guruhning barcha talabalari
ishtirokida “yozma ish” tartibida o`tkaziladi. Jami variantlar soni 30 ta. Har bir variant 3 ta
nazariy savoldan iborat.
“ Ijtimoiy pedagogika ” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda
har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash
ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
Oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha
Modullarini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat shakli (yozma, og‘zaki,
kollokvium, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan
holda belgilandi;
Yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: