Tahdidlari 5-metod. Doskaga chiqish degan narsa yo‘q Rostini aytsam, menga doskaga birin-ketin chiqarib, Mavzuni gapirtirish metodi umuman
yoqmasdi. Doskaga, minbarga chiqarmasdim hech kimni. Bir kishini 10 minut gapirtirib
qo‘ymasdim hech qachon. Bunaqa eski uslub menga umuman yoqmasdi, rosti. Hamma o‘tirgan
joyida javob beraverar edi. Bunda blits savollardan foydalanardim. Masalan:
- Akbarjon, surishtiruv muddati qancha?
- Nodirbek, nechta tergov organi bor?
- Jamshidxon, jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari nechta?
Bu usulning yaxshi tomoni shunda ediki, men istalgan vaqtda, istalgan talabaga murojaat
qilaverar edim. SHu sababli, talabalar butun dars davomida diqqatini savol-javoblarga qaratishga
majbur bo‘lardi. Kimnidir xayoli darsdan uzoqlashayotganini sezsam, darrov o‘shanga murojaat
qilardim. Oldingi gaplarni takrorlashini so‘rardim. Tabiiyki, bunday usuldan keyin talabalar
beixtiyor darsdagi savol-javoblarni eshitib turishga harakat qilihardi.
5-metodning SWOT tahlili Kuchli tomoni Kuchsiz tomoni Imkoniyatlari Tahdidlari 6-metod. O‘qimay kelganlar to‘rga o‘tsin SHuncha urinishlarga qaramay, baribir darsga tayyorlanmay keladigan talabalar bor edi.
Buni yashirish yoki inkor qilish kerakmas.
O‘qimay kelgan talabalar uchun ham o‘zimning qat’iy prinsipim bor edi. Fikrimcha,
o‘qimay kelgan talaba ham, mening darsimdan quruq qo‘l bilan chiqib ketmasligi kerak edi.
O‘sha darsda u shunchaki jasad bo‘lib ishtirok etmasligi, faqat yo‘qlamaga ko‘rinish uchun
kelmasligi lozim edi.
SHu sababli men o‘qimay kelgan talabalarni eng oldingi partaga o‘tqazardim. Blits savol-
javoblar vaqtida har bir savolning javobini ulardan qayta aytishlarini so‘rardim. Masalan, boshqa
bir talaba savol beraman, u javob berdi deylik. Keyin xuddi shu savolni o‘qimay kelgan talabaga
yana qayta beraman. U kursdoshi aytgan javobni takrorlaydi. Aytolmasa, yana takrorlattiramiz,
diqatini jamlaymiz.
SHunaqa qilib, dars oxirigacha u ko‘p ma’lumotni eshitadi, gapiradi. Va natijada
darsimdan nimadir (kam bo‘lsa-da) olib chiqib ketadi.
Ha, esimda, ba’zi talabalar oldingi partada o‘tirmaslik uchun ham o‘qib keladigan
bo‘lgandi.