98
doirasida: muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni,
shuningdek
sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning
hisobini yuritadi;
LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 56, 57
va 58-bandlari.
Muomalaga layoqatsiz va muomala
layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek
sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarning
axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek
davlat statistika
hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va
muddatlarda taqdim etadi;muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar,
shuningdek sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslar to’g’risidagi,
ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni
davlat reestriga kiritish
uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
14 modda.
Vasiylikni yoki homiylikni tugatish to’g’risida, shuningdek ushbu
Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o’z
majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga
iltimosnomalar
kiritadi;vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga
murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida ko’rib chiqishda ishtirok etadi;
Dostları ilə paylaş: