10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi
vakolatlari
. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z vakolatlari doirasida:vasiylik va homiylik
sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;vasiylik va homiylik sohasidagi
hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;vasiylik va homiylik
sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni
hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
11-modda. Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari
. Vasiylik va homiylik
organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:vasiylik yoki homiylik belgilanishiga
muhtoj bo’lgan shaxslarni o’z vaqtida aniqlash va hisobga olish;
LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 149-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 56, 57 va 58-bandlari. Basiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarning zarur
hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 78-82-bandlari. vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; vasiylar va
homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ta’minoti,
ularga tarbiya va tahlim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini ta’minlash
ustidan nazorat qilish.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 92-99-bandlari.