Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


-modda.  Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota- onasi bo’lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlash



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

27-modda. 
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-
onasi bo’lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlash
.
Ota-onalik huquqidan mahrum 
qilinmagan ota-onasi bo’lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy, agar ota-onasi bilan turishi 
ushbu shaxsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki sog’lig’i 
uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlansa, tayinlanishi 
mumkin.Voyaga yetmagan vasiylikda yoki homiylikda bo’lgan davrda vasiylik va homiylik 
organi uning oilasini ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganni 
oilasiga qaytarish masalalari bo’yicha, agar bu uning qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasa, 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tahlim muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
 
 
5-bob. Vasiylik va homiylikni tugatish. Vasiyning va homiyning o’z majburiyatlarini 
bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi 
28-modda. 
Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari
.
Vasiylik quyidagi hollarda 
tugatiladi: vasiylikdagi shaxs vafot etganda;voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganda;voyaga 
yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;fuqaroning 
muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.Voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganligi 
sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda 
tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo’lib qoladi. 
Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:homiylikdagi shaxs vafot etganda;homiylikdagi 
shaxs voyaga yetganda; homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;homiylikdagi shaxs 
farzandlikka olinganda;fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv 
qarori bekor qilinganda;voyaga yetmagan to’la muomalaga layoqatli deb ehlon qilinganda 
(emansipatsiya);homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylik 
belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning sog’lig’i yaxshilanganda.Vasiylikdagi yoki 
homiylikdagi shaxs tarbiya, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va 
boshqa shunga o’xshash muassasalarda vaqtincha bo’lganda vasiyning yoki homiyning uzrli 
sabablarga ko’ra o’z majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi 
yoki homiylikdagi shaxsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi.
 LexUZ 
sharhi.SHuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 
sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 
100, 101 va 102-bandlari.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin