6-bob. Vasiylar va homiylarning huquq va majburiyatlari. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari. 31-modda. Vasiylar va homiylarning huquqlari
. Vasiylar o’z
vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo’lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini
ko’zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.Homiylar o’z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili
bo’lib, homiyligidagi shaxslarga o’z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini
bajarishida ko’maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo’ladigan
suiistehmolliklardan muhofaza qiladi.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 83-bandi. 32-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari
. Vasiylar va homiylar:o’zining
yashash joyi o’zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi;o’z
vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni tarbiyalashi, uning ta’minoti, sog’lig’i, jismoniy, ruhiy,
mahnaviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishi, shuningdek uning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;o’z vasiyligidagi yoki homiyligidagi
shaxsning maktabgacha tahlim, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi olishi uchun
sharoitlarni ta’minlashi;alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa ijtimoiy to’lovlar to’lashni talab qilish yuzasidan zarur choralar ko’rishi,o’z vasiyligidagi
yoki homiyligidagi shaxsning o’zlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning
qiymati pasayishiga yo’l qo’ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug’dirmasligi;
33-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari
. Vasiylikdagi yoki
homiylikdagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:o’zlariga nisbatan hurmat bilan va insoniy
munosabatda bo’linishi;o’zlarining ta’minoti, tarbiyasi, tahlim olishi va sog’lig’i haqida
g’amxo’rlik qilinishi;o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi;o’z
huquqlari va o’zlariga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar to’g’risida, shuningdek o’z
huquqlarini himoya qilish usullari hamda vositalari haqida vasiylik va homiylik organlaridan
axborot olish; tahlim olishga, sog’liqni saqlashga, ijtimoiy muhofaza qilinishga bo’lgan
huquqlarini, shuningdek o’zlarining jismoniy, aqliy va mahnaviy jihatdan uyg’un rivojlanishiga
yordam beradigan boshqa huquqlarni amalga oshirish uchun zarur yordam olish hamda qo’llab-
quvvatlanish;agar bu vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga zid bo’lmasa, ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo’lish;o’z
shaxsiy hayotiga taalluqli axborotning maxfiyligi ta’minlanishi;turar joyga bo’lgan mulk huquqi
yoki turar joydan foydalanish huquqi, shuningdek ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan
qarindoshlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlari ta’minlanishi;