23-modda. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash
. Agar vasiylik yoki homiylik
belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning manfaatini ko’zlab unga darhol vasiy yoki homiy
tayinlanishi zarur bo’lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o’rnini bosuvchi
shaxslardan olib qo’yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy
yoki homiy tayinlash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy
tayinlash vasiy yoki homiy bo’lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko’ra, basharti mazkur
shaxs tomonidan o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi
tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi, yashash joyidagi fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organidan olingan ma’lumotnoma va tavsifnoma taqdim etilsa, vasiylik va
homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki
homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo’ladi,
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi
bundan mustasno.
LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 31 va 32-moddalari. Agar vasiylik
yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash
to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o’tguniga qadar joylashtirishning u yoki
bu shakli tanlangan bo’lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy
etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 74-bandi. 24-modda. SHaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning qonuniy
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy
yoki homiy tayinlanishi mumkin.Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki
homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir
vaqtning o’zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi
yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa,
bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo’lishi lozim.