8-bob. Vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat. 41-modda. Vasiylik va homiylik organlari faoliyati ustidan nazorat Vasiylik va homiylik
organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan nazoratni qonun hujjatlarida
vakolat berilgan davlat organlari va mansabdor shaxslar amalga oshiradi.
42-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat.Vasiylar va
homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik
organlari tomonidan amalga oshiriladi.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki
homiyning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud
sudga
shikoyat
qilishga
haqli.
LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 46- moddasi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog’lig’iga bevosita tahdid
tug’ilganligi to’g’risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi
haqida o’ziga mahlum bo’lib qolgan shaxslar bu haqda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning
haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga xabar berishi shart.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizom 94-bandning uchinchi va to’rtinchi xatboshilari. 43-modda. Vasiy va homiyning hisoboti
. Vasiy va homiy o’z majburiyatlarining
bajarilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda vasiylik va homiylik organiga hisobot taqdim etishi shart.