103
alimentlar, pensiyalar, nafaqalar summalariga hamda boshqa ijtimoiy to’lovlarga nisbatan mulk
huquqiga ega bo’lmaydi.Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko’ra umumiy mulk
huquqi asosida vasiylikdagi
yoki homiylikdagi shaxslarga, vasiylarga,
homiylarga tegishli
bo’lishi mumkin.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-
bob («Umumiy mulk»)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar o’z vasiylarining yoki
homiylarining mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.Vasiylarga yoki
homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkidan o’zlarining
manfaatlari
yo’lida foydalanish taqiqlanadi.
35-modda.
Vasiylikdagi
yoki
homiylikdagi
shaxsning
mol-mulkini
boshqarish
.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning
joylashuvi bo’yicha belgilanadi. Vasiylar o’z vasiyligidagi shaxsning pul mablag’larini
banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo’yishga haqli. Vasiylikdagi shaxsning banklarga va
boshqa kredit tashkilotlariga qo’yilgan pul mablag’larini vasiy tomonidan
sarflash faqatgina
vasiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organining yozma ruxsatiga ko’ra
amalga oshiriladi.Sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxslarning homiylari o’z homiyligidagi shaxsning roziligi bilan homiylikdagi shaxsning
ta’minotiga va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan maishiy
yoki boshqa bitimlar
tuzadi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiylikdagi shaxsning mol-mulkini
boshqarishni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 49 bobi («Mol-mulkni ishonchli boshqarish»).
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs
nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo’l qo’yilmaydi.Sudning fuqaroni bedarak yo’qolgan deb
topish to’g’risidagi yoki uni vafot etgan deb ehlon qilish haqidagi hal qiluv qarori bekor qilingan
taqdirda yoxud meros qabul qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi.
LexUZ
sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35, 37-moddalari va 69 bobi
(«Merosni egallash»).
Dostları ilə paylaş: