104
shaxsning manfaatlarini ko’zlab zudlik bilan sudga murojaat qilishi shart.Vasiylik
va homiylik
organining ruxsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan tuzilgan shartnoma haqiqiy
emas deb topilganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga tegishli bo’lgan mol-mulk
qaytarilishi, shartnoma taraflariga yetkazilgan zararning o’rni esa, qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorda va tartibda vasiy yoki homiy tomonidan qoplanishi shart.
LexUZ sharhi.Qarang:
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 114-moddasi ikkinchi qismi.
39-modda.
Vasiy yoki homiy tomonidan yetkazilgan mulkiy zararning o’rnini
qoplash.Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga g’ayriqonuniy
harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o’rni to’liq
hajmda qoplanishini
vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik yoki homiylik tugatilganda esa, vasiylikdagi
yoki homiylikdagi muomalaga layoqatli shaxs talab qilishga haqli.Vasiy yoki homiy tomonidan
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki
homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim
darajada bajarilmaganda (mol-mulkni yaroqsiz holga keltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-
mulkni belgilangan
maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-
mulkining qiymati pasayishiga sabab bo’lgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirish va
boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma
tuzishi hamda vasiyga yoki
homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan mulkiy zararning o’rnini qoplash
to’g’risida talabnoma taqdim etishi shart.
40-modda.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga nafaqa tayinlash.Vasiyning yoki
homiyning o’z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minotiga doir xarajatlarining o’rni
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablag’lari hisobidan qoplanadi, bu mablag’lar
yetarli
bo’lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
uning ta’minoti uchun nafaqa tayinlash maqsadida tegishli organlarga murojaat qiladi.
LexUZ
sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-
son qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy
yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida»gi nizom.
Dostları ilə paylaş: