101
26-modda.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga
yetmaganlarning o’z arizasiga ko’ra vasiy yoki homiy tayinlash.Tuman, shahar hokimi qarori
bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko’ra o’zlarining ota-onalik
majburiyatlarini bajara
olmaydigan davr uchun o’zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash
to’g’risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin,
ushbu arizada aniq shaxs
hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko’rsatiladi. Voyaga yetmagan
bolalarning ota-onasi o’z sog’lig’i holatiga ko’ra bolalariga vasiyni yoki homiyni,
agar uning
roziligi bo’lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o’z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki
homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga
beriladi.Ota-onaning o’z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi
ushbu ariza yozilgan sana ko’rsatilgan holda ularning o’z qo’li bilan
imzolangan va notarial
tartibda tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: