Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Etimlik 
– jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini yo’qotgan 
bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali bo’lish talabi ehtiyoji bolaning eng 
kuchli talablaridan biridir. 
Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun xosdir. 
Masalan, amerikalik tadqiqotchilari butun dunyo bo’yicha kasalxonalar, tug’ruqxonalar, ijtimoiy 
muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to’lib ketganligini aytadilar. Ularni turlicha “voz 
kechilgan bolalar”, “davlat bolalari”, “tashlab ketish uchun tug’ilganlar” ham deb ataydilar. 
Urush boshlanganda Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramova artelda 
temirchi bo’lib ishlaganlar. 
Toshkent ayollarining O’zbekiston barcha ayollariga murojaat etib (1942 yanvar) ularni 
evakuatsiya 
qilib 
kelingan 
bolalarga 
nisbatan 
onalik 
g’amxo’rligini 
ko’rsatishga 
chaqirganlaridan keyin ular turli millatlardan yetim-bolalarni tarbiyalariga olishgan. Ular orasida 
rus, belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar va boshqa millat bolalari bor edi. 
Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatadilar, ularni o’qitib 
tarbiyalab bizning mamalakatimizga munosib kishilari qilib o’stirdilar. 1966 yilda zilziladan 
so’ng Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarni oilaga qabul qildilar. Shomahmudovlar 
“Hurmat belgisi” ordeni bilan B.Akramova “qahramon ona” ordeni bilan ham mukofotlanganlar. 
Ular Raxmat Fayzining “Ulug’ inson” romanining, “Sen yetim emassan” badiiy filg’mining 
asosiy qahramonlari timsoli qilib olinganlar. Toshkentning ko’chalaridan biri Shomahmudovlar 
nomi bilan ataladi, Xalqlar do’stligi maydonida “Do’stlik” monumenti o’rnatilgan. Ulardan 
tashqari yana minglab o’zbek oilalari urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarni asrab 
olganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq shoiri Gofur Gulom o’zining “Sen yetim emassan” 
shehrida o’z ota-onalarini va uylarini yo’qotgan bolalarga qaratilgan qalb so’zlarini yozgan: 
Sen yetim emassan, tinchlan jigarim! Quyoshdek mehribon vataning onang, 
zamindek vazminu mehnatkash, mushfiq, xalq bor, otang bor cho’chima jigarim.
O’z uyingdasan, uxla jigarim. 
Etimlikning hamma sabablarini aytib o’tish qiyin, chunki bu turli fan sohalari olimlari 
(shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va ko’plab boshqalar) shug’ullanadigan ko’p 
qirrali muammo va u ham oxirigacha o’rganib bo’linmagan. Ammo hech bo’lmaganda 
yetimlikning uchta sabablarini aytish mumkin: 
4.
Ota-onalar (ko’pincha onalar) o’zining balog’atga yetmagan bolasidan o’z ixtiyori bilan voz 
kechadi, shu bilan birga bu ko’pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish, tashlab 
ketilgan chaqaloqlar. 
5.
Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan ma’hrum etilganda 
bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, jamoatchilik, 
jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog’lom ota-onalari bo’lgan, notinch 
oilalarda yuz beradi. 
6.
Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko’chishga majbur etuvchi qandaydir 
tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, yer qimirlashi va shu kabilar) oqibatida yo’qolib qolgan 
bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi – bolaning 
oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro hujjatlarda qayd 
etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konventsiya va boshqalar), O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi oila kodeksida 
eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko’rsatiladi: oilada yashash va 
tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi, o’zini 
himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi.
7.
Davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga 
tarbiyalashga berishni oldini olishga bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish 


107 
mumkin bo’lmasa uning uchun yangi oila izlash afzal deb hisoblanadi. 
O’zbekistonda ota-onalarisiz qolgan yetim-bolalarga yordam ko’rsatish uchun “Sen yolg’iz 
emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi va 
rivojlanishiga tegishli ijtimoiy al’ternativrnativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda 
va mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo’lgan usullarni kiritish mumkin: 

Oilaga qaytarish. 

Mamlakat ichida asrab olish. 

Tarbiyalash uchun oilaga berish; 

Maxsus tarbiya muassasalariga berish. 
Etim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat 
qaramog’iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, 
vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin