Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 
Bolalikni yosh davrlarga ajratish, uni tabaqalash bolalar psixologiyasida juda qadimiy 
muammolardan biridir. Bolaning aql-idroki, fe’l-atvori, voqelikka munosabati, jismoniy va 
psixik o’sishi, rivojlanish xususiyatlari uning taraqqiysi bilan o’zgarib turadi. Bu o’zgarish 
uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog’liqdir. Masalan: 
Hozir tug’ilgan bola bilan undan bir xafta ilgari tug’ilgan bola orasida ham farq bor.
Yangi tug’ilgan bola gavdasining sondan bo’yingacha bo’lgan qismi uzun, oyoqlari 
kalta, boshi nisbatan katta, bo’yni qisqa, bosh suyagi esa hali qotmagan bo’ladi. U shartsiz 
reflekslar bilan dunyoga keladi va vaqt o’tgan sari u ham jismoniy, ham psixologik 
tomondan shakllanib boradi. Bunday o’zgarishlar turli oy va turli yoshlarda yaqqol ko’zga 
tashlanadi.O’sib ulg’ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bo’lsa, sifat o’zgarishlari 
bolaning psixik tarqqiyoti bilan bog’liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o’zgarishlari 
birdaniga sodir bo’lmaydi, asta –sekin yuzaga keladi. Bolalarni turli yosh davrlarga 
ajratishda ularning hayotida yuz beradigan sifat o’zgarishlari, yahni uni psixik taraqqiyoti 
jihatidan yangi bosqichga ko’tarishlari asos qilib olinadi. Bolalarni turli yosh davrlarga 
ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Ko’pchilik 
olimlar bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda faqatgina jismoniy o’sishni asos qilib, uni:
1) chaqaloqlik davri,
2) balog’atga erishish davri,
3) balog’atga erishgandan keyingi davr deb tabaqalangan bo’lsalar, ba’zi birlari esa:
1) emish davri 
2) emaklash davri, 
3) ikki oyoqlab yurish davri deb davrlarga ajratishgan. 
Olimlardan masalan P.P. Blonskiy
1) tishsiz bolalik davri
2) sut tish davri
3) doimiy tish davri
4) doimiy tishni tushish davri (qarilik) deb ajratganlar. Bunday bolalikni davrlarga 
ajratishda faqat ularni fiziologik va biologik belgilarigagina suyanib, pisixik xususiyatlar 
hisobga olinmagan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 
1)
podsholik davri 5 yoshgacha
2)
qullik davri (6-12 yoshgacha)
3)
O’rtoqlik do’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini
bola o’zini “shirin” qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni e’tiborga oladi. 6-
12 yoshgacha bo’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta, bu davrda bolani 
xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida –qonunlarga bo’ysunish, 
mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish o’qish, 
o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, milliy anhanalarimizga 
sadoqatli bo’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda 
bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do’stlik davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni hurmat qilish, qilgan 
ishlarini qadrlash, munosbatalarda samimiy bo’lish lozimligini nazarda tutadi.
Chet el psixologlari ham bolalikni davrlarga ajratish masalasiga katta e’tibor berilgan. 
Jumladan Shveytsariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql idrokiga xos bo’lgan 
xususiyatlariga qarab : 1) sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha); operatsiyalardan ilgari
tafakkur davri (2-7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7,8-11,12 yoshgacha); 4) 
rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Frantsuz olmi, psixolog A.Valon bolaning


111 
jismoniy rivojlanishga qarab (xomilaning ona qornidagi davri, impulg’siv harakat davri- 0-
6 oygacha, xis-tuyg’u davri -6 oydan-1 yoshgacha sensomotor davri -1-3 yoshgacha; 
shaxsga aylanish davri -3-5 – yoshgacha; farqlash davri -6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va 
o’spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Shuningdek chet el psixologiyasida 
bolani psixik rivojlanishi tomonidan davrlarga ajratish to’g’risida ko’pgina materiallar 
to’plagan. Bu materiallar asosida bolalikni 2 keskin davrga ajratilgan.
1) go’daklik davridan maktabgacha tarbiya davriga o’tishdagi inqiroz davri (3 
yoshlik inqiroz davri deb ataladi);
2) kichik maktab davridan o’smirlik davriga o’tishi (balog’atga yetish inqirozi 
davridir)
Bu ikki davr o’rtasida juda katta farq va o’xshashliklar mavjud. Jumladan xar ikkala 
davr ham o’zining mustaqilligi va kattalar bilan o’zaro munosabati jihatidan farqlanadi.
Rus psixologlari P.P. Blonskiy va L.S. Vigotskiylar bolalikni davrlarga ajratishda 
bolaning yashash sharoitini o’zgarishi, ta’lim-tarbiya mazmuni va usullarini o’zgarishini 
ham taraqqiyotga ta’sir etishini alohida e’tiborga olish lozimligini ko’rsatadilar. Ular har 
bir yosh davr psixik rivojlanishda alohida sifat o’zgarishlariga, bola shaxsining tuzilishida 
turli xususiyatlarning shakllanishi bilan farqlanishiga asoslanadilar. 
Chaqaloqning barcha hayotiy funktsiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, 
xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali 
amalga oshiriladi.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi 
boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.
Bolaning ilk yosh davrni 3 davrga ajratamiz.
1.
Tug’ilgandan 1 oylikkacha chaqaloqlik davri. 
2.
Bir oylikdan 1 yoshgacha go’daklik davri.
3.
Bir yoshdan 3 yoshgacha ilk yosh davri yahni bog’chagacha yosh davridir.
Tadqiqotchi F.I.Fratkina kattalarning go’dakka qaratilgan nutqidan quydagicha
ta’sirlanish holatlarini aniqlagan:
1) nomi aytilgan buyumga javob tariqasida burilib qarash.
(7-8 oyligida)
2) turmush tajribasida egallagan harakatlarini kattalar eslatishi bilan bajarishga intilish (8-9 
oyligida)
3) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasidan oddiy nutq topshriqlarini bajarish (9-10 oyligida)
4) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasi bo’yicha zarur predmetni tanlab olish (10-11 oyligida) 
5) mumkin emas tahqiqlovchi so’z yordamida harakatni to’xtatish (12 oyligida) 
Go’dakdan o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilishi harakatni 
amalga oshirishi murakkablashib boraveradi. Bular aqliy imkoniyatlar darajasiga bevosita 
bog’liq. 1 yoshgacha davrni nutqqacha davr deb atash odat bo’lib qolgan. Bu davrda go’dak 
bosh miya yarim sharlari po’stida ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina 
ishlarni yahni nutq taraqqiysi bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalarni amalga oshiradi.
Nutqni tushunib idrok qilish kun sayin ortadi. U bir nimani olishni so’rashni, aytishni 
hohlaydi, asta- sekin birinchi so’zlar 10-12 ta gacha paydo bo’ladi.
Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik 
jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Inson ontogenezida uning ana shu 1 yoshdan 3 yoshgacha davri alohida ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof 
muhitga o’zgalarga munosabat, xulq – atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning 
turli ko’rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib 
topadi. Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg’ul bo’lish 
imkoniyatlari kengayishi uning kattalarga bevosita tobeligi ularga bog’liqligi nisbatan 
kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratiladi.


112 
R.Ya.Abramovich–Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, 1 yoshli va 1 yoshu 
2 oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishining oddiy turi jadal rivojlanadi. 
Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga oshirishning nisbatan 
barqaror usullari shakllana boradi.
Tayyorlov guruhlarga borganda o’n ichida tartib bilan sanashga va og’zaki masalalar 
yechishga o’rgatish bilan bola tafakkurini o’stirish mumkin. 
Bolalar tafakkuri turli hil sayr va ekskursiyalar yordamida ham o’stirib 
boriladi.Ekskursiyalar bolalarda tafakkur protsessini aktivlashga va rivojlantirishga yordam 
beradi. 
Bolalar ekskursiya va sayllar paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli narsalarni 
taqqoslashga, analiz – sintez qilishga o’rganadi. Masalan: boqqa ekskursiyaga chiqqan bolalar 
bog’ning bir chekkasiada yer kovlayotgan toshbaqani oyoqlarini belkurakka o’xshatsa, ikkinchi 
bola ekskavatorning kovushiga o’xshatadi. Bunday taqqolovchi mulohazalar bolalar tafakkurini 
o’stirishga aktiv ta’sir etadi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin