117
aytish mumkin; hissiy noetuklik o’z shaxsiy xulq atvorini yetarli darajada nazorat qila olmaslik,
o’z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi,
o’zini tan olishlariga bo’lgan istaklari va kattalar kabi o’zini tutish. O’smir – bu yetarli darajada
yetilmagan va yetuk aqlga ega bo’lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o’spirinlikning
chegarasidir.
Katta deb hisoblanishi uchun yetarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan bir vaqtda
atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o’z xulq-atvori va
harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta e’tibor talab etadigan bosqich
o’smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga yetmagan, biroq o’z xulq-atvori va hatti-harakatlariga
axloqiy hamda huquqiy jihatdan mashuliyatli bo’lishga layoqatli deb hisoblaydi. Shu sababli
o’smirlar uchun o’z hatti-harakati va xulq-atvoriga cheklangan huquqiy javobgarlik o’rnatilgan.
Me’yordan oq’ish jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan oq’ishgan
o’smirlar oq’ir tarbiyalilar deb ataladi.Oq’ir tarbiyali o’smir jamiyatda o’rnatilgan qoida va
me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation -
oq’ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining oq’ishi, biologiyada organizm
rivojlanishida oq’ishlik uchraydi.
Deviyatsiya (oq’ishlik) – bir tomondan uni o’rab turgan inson va atrof-muhitga xos bo’lgan
o’zgaruvchanlik hodisasidir. O’zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan boq’liq.
Ilgari aytib o’tilgandek, xulq me’yordagidek yoki oq’ishgan bo’lishi mumkin.
Me’yoriy xulq O’smirning rivojlanishidagi
ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning
ijtimoiylashuviga to’la javob beruvchi, unga adekvat
24
monand keluvchi mikrosotsium bilan
uning o’zaro faoliyatidir.
Agar bolaning atrofidagi muhit o’smirning
u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga
doimo (yoki deyarli doim) o’z vaqtida va adekvat (monand) bo’lsa, o’smirda xulq-atvor
me’yoriy bo’ladi. Bu fikrdan xulqi oq’ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning
mikrosotsium bilan o’zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va
yuzaga
keluvchi xulqi, jamiyatda o’rnatilgan axloqiy hamda huquqiy oq’ishganlik
Dostları ilə paylaş: