Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


ijtimoiy  dezadaptatsiyaning



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

ijtimoiy 
dezadaptatsiyaning
(bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to’siqlik qiladigan 
hodisa ko’rinishlaridan biridir). 
Bolalik - o’smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o’z tasdiq’i ni topgan: Maktab 
yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, yetim-bolalar, ijtimoiy yetimlar, giyohvandlik va 
zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o’smirlar; jinsiy ahloqsiz o’smirlar, huquqbuzarlik 
faoliyatlariga berilgan o’smirlar. 
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi. 
Deviant xulq-atvor-xulqiy oq’ishganlikning bir turi bo’lib, o’smirning yoshiga muvofiq 
bo’lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan boq’liq bo’lgan 
mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun 
xarakterli bo’ladi. Yahni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. 
Deviant xulq-atvor ko’rinishlariga o’smirning namoyishkorlik, agressvilik, o’ziga erk 
berish, o’qish va mehnat faoliyatidan tizimli oq’ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, 
ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan boq’liq assotsial 
faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid
25

Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o’smirlarning assotsial 
xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib otsada, 
biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola 
jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo’ravonlik xulqi, haqorat, 
24
Аdekvant-lotinchadan=adasquatus-декват – tenglashgan)teng-monand,to’la muvofiq keluvchi.
25
Suidsid(ingliz tilidan suicide-o’dirish o’z-o’zini o’ldirish harakati,kuchli ruhiy holatda yoki psixik kassalik 
ta’sirida insonning o’z-ozini o’ldirishi.


118 
janjalkashlik, o’t qo’yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi. 
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy oq’ishgan subhekt, o’z 
harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.Obrazli xulq-atvor, o’zida mayda 
o’q’rilik, bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o’q’irlash va boshqalarni amalga oshirib, 
moddiy manfaat ko’rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat. Giyohvand moddalarni 
tarqatish va sotish. 
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati 
bo’lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo’lib xizmat qiluvchi va 
Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor. 
Inson taraqqiyoti ko’pgina omillar o’zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga 
o’uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga boq’liq. Voyaga 
yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. 
1.Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud 
bo’lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o’tuvchi 
xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishda nuqsonli bo’lganlar, 
asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. 
Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto’q’ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga 
ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); 
irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo’ladilar;- inson organizmiga 
ta’sir etuvchi psixo-fiziologik oq’ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy 
tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik
26
, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab 
bo’ladi.Fiziologik, o’z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstituttsion-
somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va 
shaxslararo munosabatda bolaning o’z tengdoshlari, jamoa o’rtasidagi chekkaga chiqish, 
turtilishga olib keladi. 
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aktsentuatsiya
27
Sida (haddan tashqari zo’riqish) 
xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy oq’ishganlik bola asab-ruhiy 
kasalliklar 
psixopatiya, 
nevrosteniya 
bilan 
xastalanganligi 
orqali 
vujudga 
keladi. 
Aktsentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo’lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o’ta 
sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo’lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya 
xarakteridagi chora-tadbirlarning ko’rilishini talab etadigan bolalardir. 
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi. 
Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan oq’ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda 
o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib 
keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab 
bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda 
bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar. 
-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki 
ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir. 
- Maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir 
qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida 
o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi. 
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga 
javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish spirtli ichimliklarga, 
giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi. 
Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi oq’ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo’ladi. 
Shunday oilaviy o’zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial 
xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi: 
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o’zida bir 
26
Somatik (unon tilidan Soma-tan bilan bola organizmidagi psixikaga qarama-qarshi bo’lgan holat.
27
Хаrakter aksentuasi-хаrakterning alohida xususiyatlarining
o’ta kuchli ifodalanishi.


119 
tomondan, bola istaklariga ko’ra bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga yoki 
oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha 
bo’lgan tarbiyaviy holatlar. 
1.
Barqaror bo’lmagan, janjalli usul noto’liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin 
ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi. 
2.
Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli 
ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, 
“oilaviy qahri qattiqlik” va zo’ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi. 
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo’rlash) deb bolaga q’amxo’rlik qiluvchi, qaramoq’iga 
olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko’pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga 
bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan 
azoblash, ko’p takrorlanuvchi noo’rin jazolar kiradi.Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, 
ko’chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida 
duch kelishlari mumkin.Shunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning 
me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta. Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men 
yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o’ylashlariga sabab bo’ladi. Qahrli 
munosabatlarning har qanday turi bola soq’liq’iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy 
moslashuvchanligida xavf tuq’diradi. 
3.Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo’ladi. Jamiyatni boy va kambaq’allar, 
jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambaq’allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. 
Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va 
ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi. 
3.
Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy 
axloqiy darajaning pasayishi bo’lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi, 
boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida 
yuzaga kelishiga olib keladi. 
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan 
oq’ishgan xulqli o’smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, 
texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. Shu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli 
o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va 
amaliyotda keng tarqalgan. 
Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy oq’ishganlikning turli 
ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki 
neytrallashga yo’naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-
tadbirlarining yiq’indisidir.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin