135
audiovizualli texnik vositalar yordamida o‘qitish; ”maslahatchi tizim”; kitob yordamida o‘kitish;
“kichik guruh” tizimi; kompyuterli o‘qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” - V.P.Bespalko).
9.
Bolaga yondashish bo‘yicha (avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo‘nalgan
texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnolgiyasi, ezoterik texnologiyalar).
10.
Ustuvor metodlar bo‘yicha (reproduktiv, izohli-tasvirli, rivojlantiruvchi ta’lim,
muammoli ta’lim, ijodiy, dasturli ta’lim, dialogli , o‘yinli ta’lim, o‘z-o‘zini o‘qitish ta’limi,
informatsion ta’lim).
11.
Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha (munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; o‘quv materiallarni
metodik va didaktik rekonstruksiyalash asosida; tabiatan monandlik, muqobillik texnologiyalari;
mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
12.
Tahsil oluvchilar toifasi bo‘yicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi ta’lim,
to‘ldiruvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari,
iqtidorlilar bilan ishlash
texnologiyalari).
Bu ta’snifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni o‘tmishda qo‘llanilgan, hozirgi
kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologilar bilan to‘liq
tanishtirishdir. Tasnifdan ko‘rinib turibdiki, olimning o‘zi ham har doim ilmiy jihatdan
asoslangan va hammaga ham tushunarli bo‘lgan texnologiyalarni keltirish lozimligi oldida hisob
beravermaydi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘plab
yondashuvlar
mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga
qaramasdan ko‘pgina pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga
ko‘ra bir-biriga o‘xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash xususiyatlariga qarab
ularni bir necha turga ajratish mumkin.
Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko‘ra ularni uch guruhga ajratiladi:
1.
Umumiy pedagogik texnologiyalar.
2.
Xususiy pedagogik texnologiyalar.
3.
Modulli kichik universal texnologiyalar
Umumiy pedagogik texnologiyalar
o‘z
ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim
tizimiga tegishli bo‘lgan masalalarni qamrab oladi.
Masalan: reyting tizimiga o‘tish, test texnologiyalariga o‘tish shular jumlasiga kiradi.
Xususiy pedagogik texnologiyalar
esa ma’lum fan doirasida qo‘llanilishi mumkin va
qulay bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo‘lgan
texnologiyalarni ishlab chiqish.
Modulli kichik universal texnologiyalar
biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
turli fanlarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik
o‘yinlar, fikrlashga o‘rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo‘lib, ko‘p vaqt talab
etmaydi. Masalan: didaktik o‘yinli texnologiyalar.
Falsafiy jihatdan texnologiyalar qo‘yidagi guruhlarga ajratiladi:
A. Materialistik D. Gumanistik
B. Idealistik
Ye. Erkin
V. Ilmiy
J. Majburiy
G. Diniy
Demak, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishda ma’lum
bir falsafiy dunyoqarash
hukmronlik qiladi va ana shu qarash o‘z aksini pedagogik texnologiyalarda topadi.
Dostları ilə paylaş: