137
v) Erkin tarbiya texnologiyasi.
Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba
o‘zi tanlagan vosita va mazmunni to‘liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi.
Ichki extiyoj bilan uyg‘unlik hosil bo‘ladi.
g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o‘rganish
orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Ilmiy tajribani o‘rganish bo‘yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi
kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya – (E. Torondayk, D. Uotson,
V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Stimul-reaksiya-
mustahkamlash. Stimul – qo‘zg‘atuvchi, reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va
rag‘batlantirish. Ular o‘zlashtirish mexanizmi mana shu ko‘rinishda vujudga keladi degan fikrni
oldinga tashlaydi. Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning
onglilik masalasiga kam e’tibor qaratiladi.
Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga,
idrok qilish refleksini o‘rganishga asoslangan, yangi mavzuni o‘zlashtirish
yorqin
fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan
texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini
ta’kidlaydi va shu asosda o‘zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin g‘oyasi. Asosiy mazmuni
- nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy
bog‘liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish.
Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya’ni bor bo‘lgan
assotsiatsiyalar
asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson
bo‘lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab xarakatlanishni tavsiya etadilar
(oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o‘zaro
bog‘liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4. Suggestiv texnologiya. Emotsional,
yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga
yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His–
tuyg‘ularni uyg‘otishga qaratilgan. O‘zlashtirish jarayonida
insonning nafaqat ongi, balki his-
tuyg‘ulari ham ishtirok etishini va o‘zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg‘otish bilimlarning
faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab yetishiga yordam berishini ta’kidlaydilar.
Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‘ladi degan fikrlar asosida o‘zlarining
o‘zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o‘zlashtirishda obrazlardan
foydalanish, hissiyotlarni uyg‘otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta’minlashga
e’tibor beradilar.
Talabalar kontingentiga ko‘ra quyidagi texnologiyalarni ajratish mumkin:
1)
yalpi, an’anaviy texnologiyasi (o‘rta talabaga moslashgan);
2)
chuqurlashtirilgan texnologiya (ba’zi predmetlarni chuqurlashtirilgan
dastur asosida
o‘qituvchi litsey, gimnaziya, kollej);
3)
kompensatsiyali o‘qitish texnologiyalari (pedagogik korreksiya, ya’ni kamchiliklarni
yo‘qotishga qaratilgan texnologiyalar);
4)
viktimologik texnologiyalar (surdo, orto, tiflo, oligofrenika);
5)
tarbiyasi og‘ir bolalar, yoki iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyalari.
An’anaviy ta’lim tizimini modernizatsiyalash asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib
borilmoqda:
1.
Pedagogik munosabatlarni gumanlashtirish va demokratlashtirish.
2.
Talabalar faoliyatini aktivlashtirish, intensifikatsiyalash.
3.
Ta’lim tizimini tashkil qilish va boshqarishning samarasini oshirish.
4.
Ta’lim metodikalarini takomillashtirish.
5.
Xalq pedagogikasidan samarali foydalanish.
Dostları ilə paylaş: