Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Elektron ta`lim resurslari



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Elektron ta`lim resurslari 
1. www. pedagog. uz 
2. www. Ziyonet. Uz 
3. tdpu-INTERNET. Ped. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


140 
5-semestr
 
 6-Mavzu. Ijtimoiy pedagogika fanini texnologiyalashtirish 
Reja: 
1.
1.
Bosqichlilik - ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va uni amalga oshirish.
2.
Pedagogik texnika – o‘quv jarayonini samarali tashkil etish sharti ‘kanligi.
3.
Psixologik kontakt: 
Tayanch so’z va iboralar: 
Pedagogik texnika, teatr pedagogikasi, rag‘batlantirish,
 
nutq, 
texnika,madaniyati

Bosqichlilik - ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va uni amalga oshirish jarayonining 
asosiy xususiyati sifatida. Ijtimoiy - pedagogik texnologiyani tanlash jamiyatning ijtimoiy 
buyurtmasi. Ta`lim muassasasining yo‘nalishi, ijtimoiy - pedagogik vazifalar bilan bog‘liqligi. 
Ijtimoiy - pedagogik tashhis, istiqbollas7, rejalashtirish, boshqarish va baholash.
 
Pedagogik 
texnika – o‘quv jarayonini samarali tashkil etish shartidir.
1.Pedagogik jarayonda teatr pedagogikasi elemetlarini qo‘llash.
2.O‘qituvchi nutq texnikasi va madaniyati.
3.O‘qituvchining o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muomala qila olish madaniyati va texnikasi.
4.
 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati.
 
Pedagogik texnika bu shunday malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchiga o‘quvchi ko‘rib, eshitib 
turgan voqea, xodisa, narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va his-hayajonlarini yetkazish imkonini 
beradi. O‘quvchi bilan bevosita muomala qilishda o‘qituvchining ana shu malakalari uning xulq-
atvorida namoyon bo‘ladi. Mashhur rus pedagogi A.S.Makarenko «Tarbiyachi tashkil etishni
yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, 
uning har bir harakati tarbiyalasin», degan edi. 
Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchining 
mimik va pantomimik
ko‘rinishidir. Aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum 
pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirishga qaraganda samarali muomala vositalari 
bo‘la oladi. 
Pedagogik texnika – o‘qituvchi nutqida imo-ishora, mimika, harakat bilan sodir bo‘ladi. 
O‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishini, xatti-harkatini, butun gavdaning, bosh, bo‘yin, qo‘llar 
harakatini to‘g‘ri idora eta olishi, ayrim so‘zlar o‘rnida mimik yoki pantomimik imo-ishoralarni 
o‘rinli qo‘llay bilishi, xissiyoti, kayfiyati, diqqatini to‘g‘ri boshqara bilishi kerak. 
Pedagogik texnika malakalarining barchasi, shu jumladan nutq malakalari ham o‘qituvchining 
shaxsiy psixik-fizilogik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Shaxsiy pedagogik texnika 
o‘qituvchining yoshi, jinsi, ma’lumot turi, mijozi, fe’l-atvori, sihat-salomatligi, anatomik-
fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Mashhur pedagoglar ta’kidlashicha: «Bu yoqqa kel (idi syuda) so‘zini 15-20 xil turli ko‘rinishda 
ifoda etolmasa, yuz, ko‘z tuzilishini 20 xilda o‘zgartira olmasa u haqiqiy master bo‘la olmaydi», 
deydilar. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan mantiqiy, psixologik va axloqiy munosabati mavjud bo‘lib, 
mantiqiy kontakt o‘qituvchining har tomonlama o‘ylab tuzilgan ma’ruza matni (konspektidir ). 
Psixologik kontakt: 
1)
o‘quvchining, talabaning o‘quv materialini tushunib, qabul qilishga tayyorgarligi; 
2)
o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilingan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun ichki 
aktivligi va tayyorgarligi; 
3)
o‘qituvchi va o‘quvchining axloqiy hamkorligi bo‘lib, ularni bir-biriga o‘zaro 
ta’siridir. 
Agarda darsda o‘quvchi bilan o‘qituvchining to‘liq hamkorligi bo‘lmasa, o‘quv maqsadlariga 
to‘liq erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchining birinchi o‘tadigan darsi, oliy o‘quv 
yurtida o‘qiladigan birinchi leksiya juda ko‘p javobgarlikni talab etadi. O‘qituvchi birinchi 
darsda o‘zining obro‘sini ishlab, o‘quvchilarga ijobiy taassurot qoldiradi.
O‘quvchi, talaba birinchi darsda kutadi: 


141 

o‘qituvchi bilan birgalikda ishlash uchun havas va qaratilgan diqqat bilan kutadi; 

o‘qituvchi leksiyasi, darsi darslik o‘rnini bosadigan dars bo‘ladi deb o‘ylaydi. 

agarda o‘qituvchi sinfga, auditoriyaga kirgan vaqtida o‘quvchi va talabaning 
tayyorgarligi, sinfning tayyorgarligiga e’tibor bermasa, kim qanday holatda o‘tirganligini 
ko‘zdan kechirmasa, darsning rejasini va mavzusini e’lon qilmasa, bunday dars o‘quvchini tezda 
o‘qituvchidan sovishiga, uzoqlashtirishiga olib keladi. 
Darsda o‘qituvchining leksiyasi o‘rtacha tempda bir minutda 60-80 so‘zni tashkil etadi. 
Pedagogik texnikani amalga oshirishning muhim talablaridan biri o‘qituvchi doimiy ravishda 
doskadan foydalanishi, chiroyli va savodli yoza bilishi, buning uchun doska toza, ho‘l latta, 
sifatli bo‘r bo‘lishidir. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin