Pedagogik jarayonda teatr pedagogikasi elemetlarini qo‘llash. Biz yuqorida pedagogik
texnikaning tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z
nutqini chiroyli, tushunarli, ta’sirchan bayon etish, o‘z fikr va tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash
malakalarini aytib o‘tdik.
Pedagogik texnikani to‘liq egallash uchun o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik mahorati tarkibiy
qismlarini ham egallashi zarur. Chunki o‘qituvchining faoliyati bir qator xususiyatlari bilan
aktyor va rejissyorning badiiy – ijodiy faoliyatiga yaqindir. Harakat, diqqat, mushaklar
yorqinligi, hayol, muomala va boshqalar teatr pedagogikasining asosiy tushunchalari bo‘lib,
ularni bo‘lajak o‘qituvchi ham o‘zlashtirib olishi foydalidir.
Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyat bir-biriga yakin bo‘lib, bir qator umumiy jarayon
xususiyatlariga ega. Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyatning maqsadning o‘xshashligi
yakinlashtiradi. Har ikkala faoliyatda ham maqsad kishining kishiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi
va kishida muayyan tuyg‘ular, kechinmalar vujudga keltirishidir. Teatrda ham pedagogik
faoliyatda ham shaxsga ta’sir ko‘rsatish quroli umumiydir; ya’ni so‘z aktyor bilan pedagogning
o‘z psixofizik tabiati ana shunday qurol vazifasini bajaradi.
O‘qituvchi nutq texnikasi va madaniyati. O‘qituvchi nutq yordamida, shuningdek imo-
ishora vositasida o‘z fikri hamda xis-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatiga ega
bo‘ladi va bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda ham muhimdir.
O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi
materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki ma’qullamayotgan
bo‘lsa ham uning nutqi hamisha ta’sirchanligi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan
ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini yuksak darajada faollashtirishga qaratiladi,
o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga undaydi,
o‘quvchilarning diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. Shuningdek, o‘rinli qochiriq,
xazil, yengilgina istehzo nutqni juda jonlantirib yuboradi va uni o‘quvchilar tez o‘zlashtiradilar.
O‘quvchining nutqi aniq, jonli, talaffuzi jihatidan yorqin, ifodali bo‘lib, unda stilistik,
grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi chiziq, zeriktiradigan nutq
o‘quvchilarni juda tez charchatadi, ularni lanj va loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘qituvchilar tez
gapirishga moyil bo‘ladilar. Birok o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha jonli nutq
yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshkaloklik materialni uzlashtirishga xalakit
beradi va bolalarni tez charchatib qo‘yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab
bo‘ladi. Haddan tashqari keskin va baqirok nutq o‘quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib
qo‘yadi. Me’yori bilan aytilgan nutq texnikasini borishi bir minutda 60-80 so‘zni tashkil etadi.
O‘qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi, kup marta takrorlanadigan imo – ishoralar,
harakatlar o‘quvchining gashini keltiradi.
Demak,
nutq texnikasi deganimizda nutqni o‘quvchiga yetkazishda kullaniladigan vositalar
tushuniladi.
Nutq ikki xil bo‘lganidan, uning texnikasi ham ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi :
a) og‘zaki nutq texnikasi;
b) yozma nutq texnikasi.