O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi bilan
o‘quvchining o‘rtasidagi
muomala madaniyati katta o‘rin egallaydi. Juda ko‘p o‘qituvchilar o‘z
kasblariga sodiq qolib, o‘qituvchilik faoliyatida fidoyilik ko‘rsatib, o‘z burchlarini yuksak
darajada bajaradilar. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan bir qatorda ular qalbiga xalollik,
go‘zallik, haqiqat, odob-axloq, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi g‘oyalarni singdira
olganliklari, xushmuomalada bo‘lganliklari uchun ham bolalar oldida katta obro‘ga egadirlar.
Ta`lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari. Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim xizmatlarini iste’molchisi
va ishlab chiqaruvchisi. Ta’lim oluvchining shaxsi - butun ta’lim tizimini maqsadi, uning nufuzli
sub’ekti bo‘lib qolmoqda.
Shaxsga orientirlangan ta’lim texnologiyalari, mohiyati bo‘yicha, ta’lim jarayonining
barcha qatnashchilarini to‘laqonli rivojlanishini nazarda tutadi. Bu esa, nafaqat ta’lim oluvchini
umumiy intellektual rivojlanish darajasini va xususan, uni ushbu predmet bo‘yicha
tayyorgarligini, uni qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishga
differensiyalashgan yondashuv, balki ta’lim oluvchining psixologik kasbiy va shaxsiy
xususiyatlarini hamda qobiliyatlarini hisobga olish hamdir.
Shaxsga orientirlangan ta’lim sharoitida, biz, ta’lim beruvchilar o‘quv jarayonida
an’anaviy tizim paytidagidan mohiyati kam bo‘lmagan o‘zgacha rol va funksiyaga ega bo‘lamiz.
Agar, an’anaviy ta’lim paytida, biz, bilim sub’ektini va bilimning eng kompetentli manbasi
bo‘lgan darslik bilan birga nazorat qiluvchi rolida bo‘lsak, ta’limning yangi paradigmasi paytida
esa, ta’lim oluvchilarning mustaqil faol bilish faoliyatini tashkilotchisi, kompetentli maslahatchi
va yordamchisi rolida namoyon bo‘lamiz.