Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi 
(V.F.Shatalov, 
Donetsk shahri,Ukraina). Mazkur metodika anchagina ommalashgan pedagogik yondashuv 
bo‘lib, ko‘rgazmali sxemalardan iborat tayanch signallar konspektlaridan tarkib topgan. Ularda 
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborot birliklari aks ettiriladi, ularning orasidagi turli 
aloqadorliklar ko‘rsatiladi hamda abstrakt (mavhum) materialni oydinlashtiruvchi manbalar, 
misollar va tajribalarni eslatish uchun belgilar, simvollar, komponentlar va maqsadlarning 
ahamiyatliligi bo‘yicha tasnifi turlicha bo‘lgan shartli belgilardan foydalaniladi. O‘quv 
materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat bo‘lgan tayanch signallar konspektlaridan 
foydalanish asnosida turli va o‘ziga xos usullar va metodik vositalar ham ishlatiladi. 
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi.
Ushbu texnologiya 1995 yilda AQShda “Ayollar 
yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo‘lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi 
sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, 


145 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda 
Afg‘oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning 
turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom 
etmoqda. Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha 
t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo‘ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil 
etiladigan o‘quv jarayoni bo‘lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo‘li bilan guruhning o‘z-
o‘zini tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”. 
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan 
umumiy yondashuvlarga ega. O‘zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi.
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi: 
-
tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ayrim o‘quv fani, integrativ kurslar yoki 
ularning tarkibiy mavzulari); 
-
rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja 
bilan bog‘langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq 
qilinadi); 
-
norasmiy o‘quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg‘ulotlar tashkil qilish va ularni 
ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish). 
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg‘ulotlar alohida tayyorgarlikdan o‘tgan 
o‘qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan treninglar tarzida amalga 
oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va ma’lum yo‘nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) 
hamda mashqlar bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin