152
•
tashkil qilingan ko‘rgazmalarni, maketlarni, tarqatma materiallarni, o‘quv
adabiyotlarini, diafilm, kinofilmlarni foydalanish uchun doimiy ravishda tayyorlab borish;
•
muallim va ustalarning ish joylarini zarur texnik vositalar bilan jihozlab qo‘yish;
•
har bir o‘quv xona va laboratoriyalarni jihozlashda yagona didaktik va gigenetik,
texnik talablar hamda texnik xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash. O‘quvchilarni
ish joyida kerakli adabiyot, lug‘at, darslik, darslarning tayanch konspektlari bilan ta’minlab
qo‘yish darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida samarali olib borilishini
ta’minlash ham ma’lum darajada insoniy fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi. O‘quvchilar
o‘quv xonalaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham foydalanadilar. Darsdan
tashqari olib boriladigan konsultatsiyalar faqat dars mashg‘ulotlariga yordam beribgina
qolmasdan, keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun ham zamin yaratadi.
Dam olish kunlarida shug‘ullanish uchun ashula, raqs to‘garagi, milliy ansabl ishlab tursa, har
bir o‘quv yurti o‘zining vokal cholg‘u ansambliga ega bo‘lsa, teatr va o‘z studiyasiga ega bo‘lsa
o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, bir-birini tushunish kabi g‘oyalar o‘sib boradi, yanada insoniy
sifatlarni tarbiyalash imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘lgan o‘quv yurtlarida ustaxonalarning tarbiyachilari bilan
tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabati o‘quvchilardan tanlangan kasblariga bo‘lgan
munosabatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Chunki ustalar o‘quvchilar bilan hammadan
ko‘proq birga bo‘ladilar. Shuning uchun usta, masterlarga talabchanlikni kuchaytirish, ularni
insoniylikka, diyonatli bo‘lishga da’vat etadi.
Ma’lumki, shaxsni faqat shaxslar tarbiyalaydilar. O‘z-o‘zidan faqat insoniy jamoagina insoniy
shaxsni tarbiyalashi mumkin. Shuning uchun o‘quv yurti o‘qituvchi – tarbiyachilari bunday
birlikka erishishi uchun quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak, deb hisoblaymiz.
pedagog jamoaning g‘oyaviy-ma’naviy jipslashishi;
o‘zaro mas’uliyat asosida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish;
estetik muhit yaratish;
o‘quv yurti rahbarining bevosita o‘quvchilar tarbiyasiga ishtirok etishi;
o‘quvchilar jamoasi va o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining kuch –
g‘ayratlarini birlashtirish;
bo‘lajak shaxsni shakllantirish o‘quv yurti pedagogik jamoasi tarbiyaviy
faoliyatining yagona maqsadi bo‘lmogi lozim.
Dostları ilə paylaş: