Bilish qobiliyati – fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va
boshqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi
hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni
hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2.
Tushuntira olish qobiliyati – o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon
eta olish, material yoki muammoni aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil
ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini
o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani
tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim
va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani
unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba’zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam
o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyuladi.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli
bo‘lgan narsani o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonib, unga
asoslanib ish tutadi.
3.
Kuzatuvchanlik qobiliyati – o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira
olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish
qobiliyati. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar
asosida, o‘quvchining ruhiyatidagi kuz ilg‘amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4.
Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr hamda
his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati uchun juda
muhim.
5.