Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


O‘zaro pedagogik ta’sirda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

O‘zaro pedagogik ta’sirda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala madaniyati.
Bolada 


150 
intizom – madaniy xulq, boshlang‘ich ko‘nikma va malakalar shakllanishi deb qabul qilish 
mumkin. Ma’lumki, ehtiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi. Bu yerda aytmoqchi 
bo‘lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola ehtiyoj motivlari sifati. Ular zaminida 
kelib chiqadigan muhim faoliyat turlari bilan bog‘liqligidir. Bolalar bosqichma-bosqich 
emotsional-hissiy, ijtimoiy, o‘quv, foydali ish, mehnat faoliyatlarini o‘taydilar. Har bir ma’lum 
yoshda yuqorida zikr etilgan bir faoliyat turi muhim bo‘ladi va bola shaxsi rivojlanishida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug‘ullanishar ekan, natijalar 
samarali bo‘lishi, xatti-harakatlar zarurligi, shuningdek ushbu faoliyat jarayonida boshqa 
tengdoshlari, kattalar bilan to‘g‘ri shaxslararo munosabatlarga kira bilish bilan ham bog‘liqligini 
amaliyotda o‘zlashtirib oladi. 
Yuqorida aytilgan fikrlarimizdan kelib chiqib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyidagicha 
ta’rif berilishini maqsadga muvofiq deb bilamiz. O‘zaro munosabat va muomala madaniyati, 
intizom va madaniy xulq tarbiyasi – bu shaxsning o‘ziga xos sifati bo‘lib, o‘quv qoidalari 
bajarilishidan o‘quvchining faol ijodiy yondashishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida, 
ijtimoiy-ta’limiy natijalarga erishishda o‘qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi. 
Bu berilgan ta’rifda:

birinchidan, intizom va madaniy xulqning yaqinlashtiruvchi xususiyati ta’kidlangan; 

ikkinchidan, intizom va tartib qoidalarni bajarishda o‘quvchining faolligi ko‘rsatilgan; 

uchinchidan, intizom va madaniy xulqning faoliyat natijasiga qaratilganligiga e’tibor 
beriladi; 

to‘rtinchidan, intizom o‘quv faoliyati jarayonida namoyon bo‘lishi, madaniy xulqning esa 
esa shaxslararo muloqot, munosabatlarda aks etishi ko‘rsatilgan; 

beshinchidan, intizom, madaniy xulq tarbiyasi o‘quvchi va o‘qituvchi o‘zaro 
hamkorligida amalga oshirilishi hisobga olingan. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin