12
th
-ICARHSE
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA
https://conferencea.org Mar. 28
th
2023
83
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSI PSIXIK RIVOJLANISHIDA
O’ZINI-O’ZI ANGLASHNING AHAMIYATI
Yusupov Umidjon
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali assistenti
Ortiqov Ibrohim
O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida o‘zini-o‘zi
anglashning ahamiyati haqida fikrlar keltrilgan, bolalarning atrofdagilarga munosabati, psixik
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
bola,
ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, psixika, muloqot, psixik inqiroz,
induvidiallik, o‘z- o‘zini anglash,
gumanistik psixologiya, ijtimoiy- kognitiv nazariyalar,
rivojlanish psixologiyasi
Hozirgi kunda bog‘cha yoshidagi bolalar psixikasini o‘rganish va ularni harakter
xususiyatidan kelib chiqqan holda rivojlanishiga ta‘sir etish jarayonlarni o‘rgansih
muhim
hisoblanadi. Insonda tug’ilgandan boshlab obektiv va subektiv omillar, shart-sharoit ta’siri
doirasida jismoniy o’sish va psixik rivojlanish jarayoni kechadi. Ontogenetik rivojlanishning
har bir bosqichida ijtimoiy muhit va munosabatlar ta’siri dinamik o’zgarishlar bilan
bog’liqlikka ega. Individning dinamik xususiyatlari ijtimoiy muhit ta’siri
natijasida yuzaga
kelgan xulq-atvor sifatlarining shaxsiy o’zgaruvchanligi bilan belgilanadi. Inson atrof-muhit
va jamiyatni o’rganar ekan bevosita va bilvosita obyektiv olam bilan butun umr munosabatda
bo’ladi. Bu munosabat insonni hissiy-emotsional,
intellektual rivojini, xatti-harakat
ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Hayotiy bilim, ko’nikma va malakani egallash jarayoni
subyekt obyekt bilan o’zaro aloqasi interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayoni bilan kechadi.
Ya’ni tashqi muhit ta’siri individ ichki ruhiyatiga yo’nalishi va ichki ruhiy olamning tashqi
muhitga qaratilishi, ta’siri tushuniladi. Asrimizning har bir davrida inson va uning jismonan
ham ma’nan rivojlanib, kamol toptirib borish masalasi doim ustuvor masala bo’lib kelgan.
Shaxsning o’zini-o’zi anglash jarayoni kognitiv(bilish) va ijtimoiy bilish jarayoni bilan uyg’un
holda rivojlanib boradi. O’z-o’zini anglash jarayoni inson shaxsi ontogenetik rivojida yoshga
xos psixik inqirozni adekvat (to’g’ri) yengishida, turli ijtimoiy muhitda o’z imkoniyatlarini
anglagan holda o’z o’rni va mavqeyini topishida, o’z “Men” ligi istiqbolini ta’minlashida
muhim ahamiyatga ega. Shaxs ichki subyektiv imkoniyatlari ichida o’zini-o’zi
anglash
jarayoni inson shaxsi kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, bu jarayonni ijtimoiy
psixologik jihatdan o’rganish sotsiolog, psixolog tadqiqotchi olimlarning e’tibor markaziga