12 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org Mar. 28 th 2023 87
vaziyatlarga nisbatan javob beruvchi umumiy formulalarni ham qayd etadi. Rotterning fikriga
ko’ra o’qitishning asosiy tuzilmasi- odamlar o’z hayotidagi mustahkamlashni boshqarish
darajasini kutishini aytib o’tadi.
O’zini –o’zi anglashni o’ziga yo’naltirilgan e’tibor va xatti-harakatlarning o’zgarishi yuz
beradigan jarayon sifatida o’ylash mumkin. Bu o’zgarish shaxs o’zi va jamoatchilik tomonidan
amalga oshiriladi. Unga ko’ra xulq va me’yor o’rtasida tafovutni aniqlashda o’zini-o’zi
anglash muhimdir. O’zini-o’zi anglashni rivojlantirish – o’z harakatlarida fikr yuritish
qobiliyatidir. Shuningdek Jie Yin Kant modeli bilan refleksivlik tushunchasi bilan qayta qurish
orqali o’zini-o’zi anglash mumkinligini o’z tadqiqotida keltirib o’tadi. O’zini-o’zi anglash
fikrlash epizodlarida amalga oshiriladi.
Kant modeliga ko’ra o’zini obekt sifatida ko’ra olsa,
o’zini-o’zi anglash mumkin.
O’zini-o’zi anglash jarayoni yaxlit tuzilmaga ega bo’lib, o’z ichiga bir qancha:
- o’zini - o’zi bilishi;
- o’zini - o’zi munosabat;
- o’zini - o’zi his qilish;
- o’zini - o’zi nazorat qilish;
- o’zini - o’zi boshqarish komponentlarini kiritish mumkin. Tadqiqotchi psixolog olimlarning
ta’kidlashicha o’zini -o’zi anglash komponentlarining rivojlanib borishi individ, shaxsning o’z
“Men” lik obrazini shakllantiradi. Shu o’rinda D.Midning fikricha, o'z-o'zini anglash bu –
birgalikdagi faoliyati tufayli birlashgan
odamlarning ko'zi bilan o'ziga boqishdir.
Haqiqatdan ham anglashimiz lozimki, buguni kunda har bir shaxsning yosh bo’yicha ijtimoiy-
kognitiv rivojlanishidagi krizislarni kamaytirishimiz, o’z hayotiga to’la qonli o’zi mustaqil
javobgar ekanligini singdirishimiz, jamiyatga faqat o’zini ruhan boshqara oladigan va
rivojlantira oladigan yoshlarni shakllantirishimiz uchun, o’zini-o’zi anglash jarayonini to’la
qonli tushunishimiz, anglash jarayonini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarini bilishmizni va
uni shakllantiruvchi shart-sharoitlarni umumiy qonuniyatlarini aniqlashimiz lozimligini
ko’rsatib bermoqda.