12 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org Mar. 28 th 2023 84
aylanib bormoqda. Negaki inson va uning kamolotini ta’minlovchi har qanday omilni
o’rganish muhim bo’lib kelgan. Bugunga qadar o’zini-o’zi anglash bilan bog’liq aniq ta’rif
qayd etilmagan bo’lsada, ko’plab tadqiqotchi olimlar tomonidan turli yosh va ijtimoiy muhit
ta’sirida amaliy tadqiqotlarida o’rganib kelishmoqda. Xususan yurtimizda psixologiya
sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi olimlarimiz (M.G. Davletshin, G’.B.Shoumarov,
V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, E.G’.G’oziev, B.R.Qodirov, Sh.R.Barotov, Z.T.Nishonov,
O’.B.Shamsiyev….) ilmiy izlanishlarida ham o’zini-o’zi anglash borasida o’z qarashlari aks
etgan. O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan
vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyutsion, ham
revolyutsion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. O’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni
in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning
donishmandligini namoyish qiladi. O’zini-o’zi anglash individning o’zini tashqi dunyodan
ajratishi, unga bo’lgan o’z munosabatini anglashi, shaxs sifatida o’zini o’z xatti-harakatlari,
fikr-mulohazalari, his-tuyg’ulari, qiziqishlari, istaklarini anglash va baholash jarayonidir.
Ko’plab chet el olimlari tomonidan ham o’zlikni anglashning nazariy, amaliy va tadbiqiy
jihatlari muayyan darajada o’rganib kelinmoqda.
L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida birlikni
(umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon
bo’ladi.
A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi mohiyat bilan
mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir.
A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning asosida
(negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G. Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishi omili-
odamning individual xosiyati, faoliyat subyektliligi, shaxslilik xususiyatlarining tarkib
topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana
shu uchala xususiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini
ta'minlab turadi.
S. L. Rubinshteynning o’zini-o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat
bo’lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus
holdagi (vaziyatdagi) obyektiv shart-sharoitlar sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash
sharoiti deb yozadi.
Shaxsda o’zini-o’zi anglash darajasini o’rganilishi bo’yicha taniqli nazariyotchilardan
A.Maslau, K.Rodjers, A.Bandura, J.Rotter, J.Piajelarning ilg’or fikrlari va amaliy
tadqiqotlarini qayd etishimiz mumkin. Ushbu nazariyotchilarning ilmiy qarashlari va amaliy
tajribalari bugungi kunda o’zini-o’zi anglash jarayonining butun dunyo olimlari tomonidan
keng qamrovli va yanada to’liq o’rganilishiga nazariy metodologik asos bo’ldi deb ayta
olishimiz mumkin. Negaki hozirda biz o’rganayotgan o’zini-o’zi anglash jarayonining