12 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org Mar. 28 th 2023 86
ehtiyojlariga va xohishiga to’g’ri kelishini tahlil qilish jarayonini o’zini anglash jarayoni shaxs
xulq atvorida muhum jihat ekanligini qayd etadi. Shuningdek barcha shaxs xususiyatlar “Men”
konsepsiyasida o’z aksini topishini talqin etadi. Demak shundan korinadiki o’zini-o’zi anglash
jarayoni bevosita va bilvosita psixik rivojlanish bilan uyg’un holda shakllanadi deb ayta
olamiz. Psixologik xususiyatlar va o’zlikni anglash jarayoni o’rtasida doimiy bog’liqlik
mavjudligi aks etadi. Albatta bola shaxsi ijtimoiy psixologik rivojlanishi irsiyat, muhit va
ta’lim kabi ta’sir etuvchi omillar ta’sirida rivojlanadi. Rodjers yana hayotiy tajribaning ham
shaxs boshqaruvida o’z o’rni bor ekanligini qayd etadi. Ya’ni o’z shaxsiy hayotiy tajribalari
xulq-atvorni namoyon qilishga va o’zini anglash jarayoni orqali o’z hayotining yetakchi
boshqaruvchisiga ega mustaqil shaxs ekanligini tushuntirishga harakat qiladi.
O’zini-o’zi anglash jarayonining bilish jarayoni bilan bog’liq holda rivojlanishi ijtimoiy-
kognitiv nazariyalar yo’nalishining paydo bolishi bilan bog’liq. Ushbu yo’nalish yorqin
tadqiqotchilariga Albert Bandura va Julian Rotterning shaxs xulq-atvorini tavsiflovchi ijtimoiy
kognitiv qarashlarini keltirib o’tishimiz lozim. Bandura aqliy faoliyatni xulq-atvor, kognitiv
va atrof-muhit omillari o'rtasidagi uzluksiz ta'sir o'tkazish nuqtai nazaridan yaxshiroq
tushuniladi deb hisoblaydi. Bu shuni anglatadiki, xatti-harakatlar, shaxsiyat va ijtimoiy
ta'sirlar bir-biriga bog'liq bo'lgan determinantlardir, ya'ni xatti-harakatlarga atrof-muhit ta'sir
qiladi, ammo odamlar ijtimoiy muhitni yaratishda va ularning har bir jarayonida yuzaga
keladigan boshqa holatlarda ham faol rol o'ynaydi. Yuqorida biz qayd etganimizdek hayotiy
tajriba ham xulq-atvor namoyon bo’lishida muhim ro’li bo’lgani kabi ushbu yo’nalish
vakillarining ham qarashlarida tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan jarayon ya’ni kuzatish va
hayotiy misollarning o’rnini alohida qayd etishadi. Unga ko’ra odamlar kuzatish orqali o’z
qobiliyatlarini rivojlantiradi va bu o’zlashtirilgan bilimdan ma’lum ko’nikma va malakani
kengaytiradi. Bandura fikriga ko’ra o’zini-o’zi boshqarishning uchta tarkibiy qismi mavjud:
-o’zini-o’zi kuzatish;
-o’zini-o’zi baholash;
-o’z-o’ziga javob berish.
Banduraning ilmiy va amaliy ishlaridagi qarashlariga ko’ra kognitiv jarayon tashqi ta’sirga
javoban xatti-harakatni boshqaruvchisi ekanligini biz yuqorida ta’kidlamoqchi bo’lgan psixik
jarayonlarning o’zini-o’zi anglash jarayoni bilan bog’liqligini shu kabi taniqli
nazariyotchilarning ishlarida ham ko’rsak bo’ladi.
Huddi shu yo’nalishning taniqli vakillaridan yana biri Julian Rotter bo’lib xulq-atvorni
ijtimoiy sharoitda qanday o’rganish mumkinligi o’zining ishlarida ko’rsatishga harakat
qilganini ko’rishimiz mumkin. Rotter ham Bandura singari xatti-harakatimiz bizning fikrlash
va taxmin qilishimiz orqali namoyon bo’lishiga ishongan. Odamlar ma’lum vaziyatlardan
nima qilishini bashorat qilganda idrok qilishini, natijani kutishi kabi bilimga ega bo’lishlari
haqida aytib o’tadi. Rotter ham Bandura kabi odamni o’zini turli vaziyatlarda o’zini boshqara
oladigan kognitiv mavjudot deb talqin etadi. Bundan tashqari Rotter odamni kutilmagan